O’zbekiston Respublikasi Xalq


I – bosqich . Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilar- dan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.  II – bosqich



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

I – bosqich
. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bо‘lgan о‘quvchilar-
dan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. 
II – bosqich
. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bо‘lgan
о‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriq
ning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III – bosqich
. О‘quvchilarning bilish faoliyatini о‘quv muammolarini


86 
hal etishga yо‘naltirish. 
IV – bosqich
. О‘quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bо‘yicha
axborotlarini tinglash. 
V – bosqich.
Kichik guruhlar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara
о‘tkazish. 
VI – bosqich. 
Umumiy xulosa yasash. 
“Aqliy hujum” 
da о‘quvchilar avval о‘zlashtirgan bilimlarini yangi 
vaziyatlarda qо‘llab, bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, aqliy faoliyat 
usullarini egallaydi. Bu metodlar muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli 
savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar о‘tkazish, 
muammoli vaziyatlarni xal etish yuzasidan о‘quv farazlarini hosil qilish, о‘quv 
farazlarini isbotlash, obektlarni taqkoslash, mantiqiy mulohaza yuritish, о‘quv-
tadqiqot tajribalarini о‘tkazish, о‘quv xulosalari va umumlashmalarini ta’riflash 
uslublarini о‘z ichiga oladi.О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi. Mazkur metod 
о‘quv materiali mazmunining yо‘nalishini belgilab, о‘quvchilarning bosh g‘oyani 
ajratish, о‘rganilayotgan obektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish 
kо‘nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish
sabab-oqibat bog‘lanishlarni anglash imkonini yaratadi. 
О‘qitishning mantiqiy metodlari guruhiga induktiv, deduktiv, tahlil, bosh 
g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlari kiradi. Induktiv metodda – 
о‘quvchilarning e’tibori avval xususiy faktlarni о‘rganishga jalb qilinadi, sо‘ngra 
xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yо‘naltiriladi. Deduktiv metodda 
о‘quvchilar avval umumiy qonunlarni о‘rganadi, sо‘ngra umumiydan xususiy 
xulosa chiqarishga о‘rgatiladi.
О‘quvchilar tahlil metodi yordamida axborotni anglab idrok etadi, о‘rganilgan 
obektlarning о‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlaydi, о‘rganilgan obektlarni 
tarkibiy qismlarga ajratib, ular о‘rtasidagi boshlanishlar, sabab oqibatlarni 
aniqlaydi. Bosh g‘oyani ajratish metodi muhim ahamiyat kasb etib, о‘quv 
materialidagi asosiy g‘oyani ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan 
fikrli qismlarga ajratish, asosiy g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch 


87 
sо‘zlar va tushunchalarni ajratish, asosiy fikr haqida xulosa chiqarishga zamin 
tayyorlaydi. 
О‘quvchilar qiyoslash metodi vositasida, о‘quv topshiriqlarida berilgan 
qiyosiy obektlarni aniqlash, obektlarning asosiy belgilarini aniqlash, taqqoslash, 
о‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini shartli belgilar bilan 
rasmiylashtirishga о‘rganadi. Umumlashtirish metodi muammolarni hal etish 
jarayonida о‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash, qiyoslash, dastlabki 
xulosalar, hodisaning rivojlanish dinakmikasini tasavvur qilish, umumlashtirish 
natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy xulosa chiqarishga 
zamin tayyorlaydi. Mazkur metodlar mos holda: 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə