O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“qayta kashf”
etilishiga imkon beradi. 
Tajriba natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni rasmiylashtirish 
о‘kuvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Biologik tajribalar darsda, darsdan 
tashqari ishlarda, tirik tabiat burchagida va о‘quv tajriba maydonchasida 
о‘tkazilishi mumkin. Biologik tajribalar ham davomiyligiga qarab, qisqa va uzoq 
muddatli bо‘lishi mumkin. 
“Urug‘ning tarkibini aniqlash”, “О‘simlik hujayrasida plazmoliz va 
deplazmoliz”, “Amilazaning kraxmalga ta’siri” yuzasidan о‘tkaziladigan 
tajribalar qisqa muddatli, “Urug‘ning unib chiqishi uchun zarur shart-
sharoitlar”, “Urug‘larning nafas olishi”, “Barglarning suv bug‘latishi”, 
“Barglarda kraxmal hosil bо‘lishi”, “Yomg‘ir chuvalchangining tuproq hosil 
bо‘lishidagi roli”, “О‘simliklarda belgilarning irsiylanish qonunlarini 
о‘rganish” 
kabi tajribalar uzoq muddatli tajribalar hisoblanadi. 
Mazkur metodning samaradorligi о‘qituvchi tomonidan о‘tkaziladigan 
tajribalarning muayyan tizimda tashkil etishi, tajriba mavzulari, maqsadini 
aniqlashi, har bir tajriba uchun aniq kо‘rsatmalar, о‘quv topshiriqlari tayyorlashi
о‘quvchilarni tajriba о‘tkaziladigan obektlar, kerakli asbob va jihozlar bilan 


82 
ta’minlashi, tajriba о‘tkazadigan о‘kuvchilarning faoliyatini tashkil etish
boshqarish va nazorat qilish, olingan natijalardan darsda о‘z о‘rnida foydalanishiga 
bog‘liq. Biologiyani о‘qitishda amaliy metodlardan о‘simliklarni parvarish qilish, 
hayvonlarni boqish va kо‘paytirishda keng foydalaniladi.
Bu metod о‘quvchilarning biologiyadan о‘zlashtirgan bilimlari, kuzatish va 
jismoniy mehnat kо‘nikmalarini qamrab olib, о‘quvchilarni qishloq xо‘jaligi 
mehnati asoslarini egallash va kasbga yо‘llash, ekologik va iqtisodiy tarbiya 
berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiyani о‘kitishda mahalliy iqtisodiy 
sharoit va qishloq xо‘jaligi muassasalarining ixtisosligiga bog‘liq holda 
о‘simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni boqish bо‘yicha amaliy ish mavzulari 
xilma-xildir. Amaliy ishlar qaysi maqsadni kо‘zlashi va mazmuniga bog‘liq holda 
biologiya о‘qituvchisi uning rejasini puxta tuzishi, olib boriladigan ishlarning 
mazmunini tо‘liq yoritishi, olinadigan natijalarni qanday rasmiylashtirish bо‘yicha 
о‘quvchilarga aniq kо‘rsatma berishi lozim. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə