O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
223-XII 15.02.1991

17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa 
tadbirkorlik faoliyati
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda 
ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar 
hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs 
maqomiga ega bo‘lgan korxonalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni 
barpo etadilar. 
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
74-moddasiga 
qarang. 
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik 
faoliyatidan 
olingan daromadlar ana shu birlashmalar a’zolari 
(qatnashchilari) o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav 
vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari o‘z 
mablag‘laridan hatto o‘z ustavida ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, xayriya 
maqsadlari yo‘lida foydalanishlariga yo‘l qo‘yiladi.
Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda 
belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda budjetga pul o‘tkazadilar.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 
549-I-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 
38-modda) 


18-modda. Jamoat birlashmalari mulki
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-
joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish 
maqsadlari uchun mo‘ljallangan mulklarga, pul mablag‘iga, aksiyalarga, 
boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan 
faoliyatni moddiy ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘zga mol-mulkka, 
shuningdek intellektual mulk obyektlariga egalik qilishlari mumkin. 
Birlashmalarning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning 
mablag‘i hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya 
muassasalari jamoat birlashmalarining mulki bo‘lishi mumkin.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 
9-sentabrdagi O‘RQ-216-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 37-
son, 403-modda) 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham qonun 
hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro 
shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki bo‘la olmaydigan mol-
mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari, agar ustavda ko‘zda 
tutilgan bo‘lsa, birlashmaga kirish va a’zolik badallarini to‘lashdan; 
ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq 
o‘tkazilgan leksiyalar, ko‘rgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa 
tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo‘jalik va noshirlik 
faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa 
tushumlardan tashkil topadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy 
harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet 
davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, 
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi 
ko‘rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o‘zgacha moddiy yordam olishi man 
etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag‘lar qaytarilishi, 
qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi 
lozim.


(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-
yil 30-apreldagi 621-II-son 
Qonuni
 tahririda — O‘zbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga
 
muvofiq amalga oshiriladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-
II-son 
Qonuniga
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston 
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Siyosiy partiyalar o‘z budjetlarini ommaning e’tibori uchun har yili 
e’lon qiladilar.
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va 
unga qo‘shilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari 
ittifoqlarining ustavlarida belgilab qo‘yiladi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə