O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix19.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#150633
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
223-XII 15.02.1991

16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, 
kasaba uyushmalari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda 
jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiladi 
hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda 
qatnashadi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 
25-apreldagi 421-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi
1997-y., 4-5-son, 126-modda) 
Partiyalarning dasturiy hujjatlari bo‘ladi, ular ommaning e’tibori 
uchun matbuotda e’lon qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish, saylovoldi 
tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasida fraksiyalar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida 
partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir.
(16-moddasining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-
yil 3-dekabrdagi 714-II-son 
Qonuni
 tahririda — O‘zbekiston Respublikasi 
Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda) 
Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni 
ko‘zlaydilar hamda ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi.
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida 
lavozimni egallab turgan shaxslar o‘z xizmat faoliyatida qonun talablariga 
amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi 
ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bog‘liq bo‘lmaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xo‘jalik tashkilotlari, 
kooperativ va o‘zga jamoat birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlarda 
kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq kasaba 


uyushmasi a’zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
sohadagi manfaatlarini ko‘zlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi. 
(16-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi 
O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari 
to‘g‘risida”gi 
Qonuni

Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda 
ro‘yxatga olinadigan a’zolari bo‘ladi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə