O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

27-modda. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning
muomala layoqati
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ushbu moddaning
ikkinchi qismida 
sanab o‘tilganlardan tashqari, bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan
tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma
ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari,
farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga
oshirishga haqli:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish;
4) ushbu Kodeks 29-moddasining 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan mayda maishiy
bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ushbu moddaning
birinchi
 va 
ikkinchi
 qismlariga muvofiq o‘zlari tuzgan bitimlar bo‘yicha mustaqil ravishda mulkiy
javobgar bo‘ladilar. Bunday voyaga yetmaganlar o‘zlari yetkazgan zarar uchun ushbu Kodeksga
muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Etarli asoslar mavjud bo‘lganida sud ota-onalar, farzandlikka oluvchilar yoki homiyning
yoxud vasiylik va homiylik organining iltimosnomasiga muvofiq o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz
yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganning o‘z ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini
mustaqil tasarruf etish huquqini cheklab qo‘yishi yoki bu huquqdan mahrum qilishi mumkin,
bunday voyaga yetmagan shaxs ushbu Kodeks 22-moddasining 
ikkinchi qismiga 
yoki 
28-
moddasiga
 muvofiq to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘lgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
22

28, 29

117, 118

993, 994-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik protsessual kodeksi 
324 — 326-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə