O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

21-modda. Fuqaroning yashash joyi
Fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmaganlarning (kichik yoshdagi bolalarning) yoki
vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning qonuniy vakillari — ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki
vasiylari yashaydigan joy voyaga yetmaganlar yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning yashash joyi
hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
31
 va 
32-moddalari
, mazkur Kodeksning 
18

33-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 
164-moddasi
.
22-modda. Fuqaroning muomala layoqati
Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga
oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muomala
layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan
vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib
nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan
paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
16, 17-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual
kodeksi 
42-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining
39-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining Oila kodeksining 15-moddasi 
ikkinchi qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə