O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqaroning mulkiy javobgarligi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

25-modda. Fuqaroning mulkiy javobgarligi
Fuqaro o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi,
qonunga muvofiq undiruvni qaratish mumkin bo‘lmagan mol-mulk bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi 
yettinchi xatboshisi
, 29-moddasi 
oltinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasining 26.04.1996-yildagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunining 
20-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining
15.06.2007-yildagi “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy
javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 
qarori
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini
yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lishi
Yakka tartibdagi tadbirkor kreditorlarning o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan
bog‘liq bo‘lgan talablarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, belgilangan tartibda bankrot deb
topilishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxs kreditorlarning talablarini
qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, agar tegishli talablar uning ilgarigi tadbirkorlik faoliyatidan
kelib chiqqan bo‘lsa, belgilangan tartibda bankrot deb topilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismlarida 
ko‘rsatilgan shaxsni bankrot deb
topish taomillarini amalga oshirishda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lmagan majburiyatlari bo‘yicha kreditorlari ham o‘z talablarini qo‘yishga haqli. Mazkur
kreditorlarning ular tomonidan shunday tartibda qo‘yilmagan talablari bankrot deb topish
taomili tugallanganidan keyin ham o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismlarida 
ko‘rsatilgan shaxs bankrot deb
topilgan taqdirda, uning kreditorlarining talablari ushbu Kodeksning 
56-moddasida 
nazarda
tutilgan tartibda qanoatlantiriladi.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismlarida 
ko‘rsatilgan shaxsni sud tomonidan
bankrot deb topishning yoki uning o‘zini bankrot deb e’lon qilishining asoslari va tartibi
qonunchilikda belgilanadi.
(26-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə