O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə2/6
tarix18.05.2022
ölçüsü3,24 Mb.
#87323
1   2   3   4   5   6
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar

-maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;

  • -maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarni shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
  • -kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi;
  • -bola kompetensiyasi — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari;
  • -integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik;
  • -inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon;
  • -“Men” konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
  • Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
  • Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
  • __maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • __milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • __ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • __kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
  • Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
  • bolaning noyobligi;
  • “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
  • bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
  • bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
  • Davlat talablarining tarkibi.
  • Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko‘zda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.
  • Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat.
  • Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi:
  • -jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
  • -ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
  • -bilish jarayonini rivojlanishi;
  • -ijodiy rivojlanish.
  • “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
  • -yirik motorika;
  • -mayda motorika;
  • -sensomotorika;
  • -sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
  • v
  • ,,Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
  • -“Men” konsepsiyasi;
  • -hissiyotlar va ularni boshqarish;
  • -ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
  • ,,Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
  • -nutq va til;
  • -o‘qish malakalari;
  • -qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə