O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə9/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
bu borada tarixiy davrlashtirish, antropogenez – odamning pay- do bo‘lishi, ilk davlatchilik va etnogenez bo‘yicha mavjud nazariyalar va ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilindi;

  • O‘zbekiston davlatchiligi, uning shakllanishi, boshqaruv tizimi va ilk davlatlarning paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy asos- lari xususida qator yangi ma’lumotlar umumlashtirilgan holda, tahlil qilindi;



    4 Bunga qadar oliy ta’lim muassasalarining tarix yo‘nalishi talabalari ham tarix faniga ixtisoslashmagan fakultetlarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston tarixi» darsliklari yoki o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanib kelishgan (noixtisoslik fakultetlari «O‘zbekiston tarixi» fani uchun 56 soat ajratilgan).

      • «Avesto» xususidagi ma’lumotlar (geografik, hududiy nomlar, ijti- moiy-iqtisodiy ma’lumotlar, siyosiy tarix) kengaytirilib, mazkur man- baning ma’naviy hayotdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi;

      • O‘rta Osiyo qadimgi tarixiga oid qadimgi fors bitiklari va yunon- rim mualliflarining ma’lumotlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va xres- tomatiya materiallari sifatida darslik matniga tatbiq etildi;

      • «buyuk ipak yo‘li» mavzusi eng qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud aloqa va savdo yo‘llari bilan uzviy bog‘langan holda yangi materiallar bilan boyitildi;

      • etnik tarix masalalari, qadimgi migratsiyalar va etnomadaniy ja- rayonlar yangi asoslarda ko‘rib chiqildi;

      • IX-XII asrlarda hukmronlik qilgan sulolalar, davlatlar xususida birlamchi tarixiy manbalarga tayanib, davr tarixiy voqeligi asnosida ko‘rsatildi;

      • ma’lum tarixiy shaxslarning faoliyatiga O‘zbekistonda yangicha baho berilishi inobatga olindi;

      • rivojlangan o‘rta asrlar davlatchiligi mavzularida unvonlar va mansablar, boshqaruv, soliqlar va islohotlar masalalariga katta e’tibor qaratilib, madaniyat tarixi alohida bo‘limda yoritildi;

      • mavzularda masala mohiyatini aks ettiruvchi manbalar va tarixiy adabiyotlar, shu mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar alo- hida qayd etildi.

    Har bir mavzu so‘nggida tayanch tushunchalar hamda o‘z-o‘zini nazorat savol va topshiriqlar berildi. Kitobning oxirida glossariy ba- yon etilgan.
    Mazkur darslik (I qism) tarix fanlari doktori, akademik A.S.Sagdul- layev tahriri ostida mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan. Alo- hida mavzular va paragraflar quyidagi mualliflar tomonidan yozildi: kirish, 1.3, 1.5, 3.1, 3.2, 3.3, 4.2 hamda 5, 6, 7, 8-mavzular, 10.1, 16.2.


    Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   457




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə