O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə8/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
2015-yil O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha mu- vofiqlashtiruvchi-metodik markazning tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarining tarix yo‘nalishlari uchun «O‘zbekiston tarixi» dars- ligini tayyorlash g‘oyasi ilgari surilgan edi. Mazkur yo‘nalishda O‘zMU Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda, tarix yo‘na- lishlari talabalari uchun to‘rt tomdan iborat, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan darslik yaratildi.


3 Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

  • Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B.473.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur darslik oliy ta’lim muassasala- rining tarix yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ilk darslik hisoblanadi4. O‘zbekiston tarixi o‘quv fan dasturi asosida 5120300 – tarix (ja- hon mamlakatlari bo‘yicha) bakalavriat bosqichi talabalari e’tibori- ga havola etilayotgan mazkur darslik O‘zbekiston tarixi darsligining I kitobini tashkil etib (darslik to‘rt jilddan iborat), eng qadimgi davri- dan XIV asrning o‘rtalariga qadar bo‘lgan tarixiy davrni qamrab oladi. Darslikni tayyorlash jarayonida yozma manbalar, arxeologiya, ant- ropologiya, numizmatika hamda epigrafika materiallari, O‘zbekiston tarixining turli davrlariga oid so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalaridan
keng foydalanildi.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi»da ilgari surilgan talablarga mos ravishda tayyorlangan. bu konsepsiyada bayon etilganidek, o‘quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilar- da mustaqil va erkin fikrlash, o‘zlashtirib olingan bilimlarni bosqich- ma-bosqich boyitish va mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish hamda yangi bilimlarni o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
Ushbu darslik shu vaqtgacha respublika professor-o‘qituvchilari, tarixchi olimlar tomonidan yaratilgan darsliklardan farqli o‘laroq qu- yidagi jihatlarni o‘zida aks ettirgan:

  • O‘rta Osiyo qadimgi va o‘rta asrlar davrlari tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanildi hamda so‘nggi yillarda yuzaga kelgan innovatsiyalar, O‘zbekiston tarixi faniga oid yangi yon- dashuv va ilmiy qarashlar ko‘rib chiqildi;



  • Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə