O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə11/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tut- gan o‘rni Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati

Tarix fani orqali insoniyatning paydo bo‘lishi, ibtidoiy jamiyat- ning rivojlanishi xususiyatlarini, moddiy va ma’naviy madaniyatning taraqqiyoti, sivilizatsiyaning vujudga kelishi, etnomadaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi davriy o‘zgarishlar- ning omillari va boshqa ko‘pdan-ko‘p voqea-hodisalarning sabablari hamda mazmun-mohiyati o‘rganiladi. O‘zbekiston tarixi jahon tarixi- ning ajralmas qismidir. Bir umumiy geografik mintaqa – O‘rta Osi- yoda qadimdan yashab kelgan qo‘shni qabila va elatlarni bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, o‘zaro aloqalar, umumiy madaniy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. O‘rta Osiyo ja- hon sivilizatsiyasi va insoniyat madaniyati tarixining maskanlaridan biridir.



O‘zbekistOn tarixi
Tarixni o‘rganish nafaqat ilmiy, ma’rifiy, balki chuqur ma’naviy- ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yasha- yotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantira- di. Vatan tushunchasi tarixiy xotira, tarixiy ong asosida shakllanadi. Oliy ta’lim tizimida «O‘zbekiston tarixi» fanini har tomonlama ham- da chuqur o‘qitish maqsadida bir qator yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqot- lar natijalari o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur darsliklarni sinovdan o‘tkazish jarayoni ularning ayrimlari
«O‘zbekiston tarixi» fanini o‘rganish-o‘rgatishda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi va haqqoniy tarix yozi- lishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilash dolzarb
ahamiyatga ega. zero, fanning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul. bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoy fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqe- ga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda, ularning rivojiga katta ta’sir etadi. bu holat fanning o‘rganish vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘zining diqqat e’tiborini o‘tmishga va zamonaviy jarayonlarga qaratadi, undan saboq berishga va xulosa chiqarishga xizmat qiladi.
Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik
– xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va ho- disalar, hujjat va dalillarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi, ular qa- chon va qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, o‘tmish voqeliklarining muayyan sabab va oqibatlari, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ah- voli, rivojlanishi xususiyatlari va tanazzulining sabablari hamda oqi- batlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə