O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə14/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mus- tahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, ta- rixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni, ayniqsa ularning tarixiy jihatlarini bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar.
Tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish obyek- ti bitta, ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va jamiyatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, tarix ularni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir.
Tarix fani, ya’ni Vatan tarixi – millat va ona yurt kelajagining rav- naq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijti- moiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni, o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. boshqacha aytganda, o‘tmish
– tarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Insonning shaxsiy manfaat va ehtiyojlari, qolaversa, uning qobili- yati va iste’dodi, voqealarni teran idrok etishi tarix falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy fal- safasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari va intil- ishlari ma’lum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning umummadaniy-ma’naviy daraja- si, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa, ana shu o‘ta murakkab, o‘ta ziddiyatli, shu bilan birga nihoyatda qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi.



    1. Yüklə 8,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə