O'zbekiston tarixi. Final indd


O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari, usullari va dolzarb masalalari



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə15/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari, usullari va dolzarb masalalari.





O‘zbekistOn tarixi
Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining meto- dologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va xalq manfaati yo‘lidagi nufuzini ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyat- ga ega. Ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.
Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma’naviy-ma’rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani bu ehtiyojlarni ro‘yobga chi- qishi uchun mas’ul bo‘lgan yuksak intellektual, ilmiy-amaliy faoliyatdir. buning samarali bo‘lishi, ya’ni tarix fani rivojlanishida uslubiy ilmiy g‘oya va nazariyalarning tamoyillari tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi.
O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta’limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi.
«Tarix» moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib, ilmiy atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi. birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan. Uning mavzusi kishilik jamiya- ti o‘tmishining, turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o‘zgarib bo- rish jarayonini o‘rganishdan iboratdir. Ikkinchidan, tarix bu insoni- yat to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab, o‘tmishda inson tomonidan yaratilgan, uning zakovati nati- jalari bo‘lgan jarayonlarini tadqiq etish va bizgacha bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir.
Tarixshunoslikdan ma’lumki, tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo – tarixiy voqelik va ta- rixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom ma’noda ilmiy yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan O‘zbekiston tarixi fanida ham o‘zining nazariyasi va metodologiyasi mavjud. nazariya – ilmiy bilimlar yig‘indisi va bosh- qa fanlar bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish jarayonidir.
Tarixchi olimlar tarixning o‘rganish obyekti (ma’lum mavzu) ham- da evolyutsiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarni ro‘yobga chiqishi – tarix haqqoniy yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi das- turdir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə