O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə18/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston tarixi fanining dolzarb masalalari. O‘zbekis- ton tarixini o‘rganish hamda o‘qitish borasida bugungi kundagi ilmiy tadqiqotlarining ko‘lami nihoyatda keng va rang-barangdir. Chunon- chi, davr taqozosi, zamonaviy shart-sharoit, talab va ehtiyojlardan ke- lib chiqib bugungi tarixiy izlanish va tadqiqotlar yangi asoslarda jadal rivojlanib bormoqda. Ushbu tadqiqotlarning natijasi o‘laroq, O‘zbekis- ton jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligi jahon jamiyatchili- gi tomonidan tan olingan holda e’tirof etildi. Tarixning turli davrlariga oid innovatsiyalar va kashfiyotlar, dissertatsiyalar, ilmiy ishlanmalar, fundamental asarlar – monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ko‘rinishida o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.

Tarixiy muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fidokorona mehnatlarini inkor etmagan holda, «O‘zbekis- ton tarixi» fanining dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan mav- zular, bahs-munozarali masalalar ham mavjud ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunga qadar olib borilgan tarixiy tad- qiqotlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo, O‘zbekiston tarixining tarkibiy hamda yordamchi qismlari bo‘lgan arxeologiya, etnologiya, numizmatika va san’atshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, fan tarixi kabi sohalarda tadqiqotlarga muhtoj bo‘lgan mavzular, bahs-munozaralar- ga sabab bo‘layotgan muammolar ham talaygina.
Shu o‘rinda fanning har qanday yo‘nalishida tadqiqotlar ko‘lami qanchalik kengaysa, muammoli masalalar ham shunchalik ko‘pa- yishini ta’kidlash lozimdir. Darslik yaratish nuqtayi nazaridan barcha dolzarb muammolarni sanab o‘tishning imkoniyati yo‘q. Shunga qara- masdan, o‘quvchilar e’tibor berishlari kerak bo‘lgan ayrim masalalar- ga qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Mutaxassis talabalar, ya’ni tarix yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan respublika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilayotgan «O‘zbekiston tarixi» dasrligi ha- nuzgacha yaratilmagan.
O‘zbekiston tarixi fanining tarkibiy qismlari bo‘lgan arxeologiya, numizmatika, muzeyshunoslik, san’atshunoslik, tarixshunoslik kabi fanlardan ham mutaxassis talabalar uchun tavsiya etiladigan dars- liklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish O‘zbekiston tarixini o‘qitish sa- maradorligiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatish shubhasizdir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə