O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə19/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Yurtimiz tarixining davrlari, taraqqiyot bosqichlari va madaniy yuksalish jarayonlari rang-barangdir. Har bir muayyan tarixiy davr o‘z navbatida ko‘plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda kech- gan. Xususan, qadimgi davrdan boshlab yuz bergan ilk davlatchilik va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi etnomadaniy va iqtisodiy aloqalar, migrat- siya jarayonlari, ko‘chmanchi va o‘troq aholi o‘rtasidagi munosabatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi kabi ko‘plab jarayon- lar bevosita bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘lib o‘tgan. Ulardagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘ziga xoslikni ko‘rsatib berish ham fandagi muammolar- dan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston tarixi fanining qadimgi va o‘rta asrlar davri bo‘yicha
– ilk davlatchilikning shakllari va turlari, boshqaruv shakllari, unvon- lar va mansablar, etnogenez masalalari, turli davrlardagi migratsiya
jarayonlari, o‘rta asrlar shaharlari va boshqa masalalar hali ko‘plab tadqiqotlar talab etadi.
Masalaning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, tarixning turli davrlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilib, ularning natijalarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar orqali o‘quv jarayoniga joriy etish «O‘zbekiston tarixi» bo‘yicha ta’lim olayot- gan mutaxassis talabalarning bu fanni yanada chuqurroq va terangroq o‘zlashtirishlari uchun katta imkoniyatlar yaratishi shubhasizdir.


    1. O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini davrlashtirish


to‘g‘risidagi nazariyalar

O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, O‘zbekiston tarixi mintaqa va jahon tarixining ajralmas qismidir.


So‘nggi yillarda O‘zbekistonning turli hududlarida arxeologi- ya, antropologiya, tarixiy etnografiya, epigrafika va numizmatika- ga oid kashfiyotlar tufayli tarixni xolisona yoritishga xizmat qiladi- gan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ular yurtimiz tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Yan- gi ilmiy ma’lumotlar eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarish- da metalning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo-sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi va boshqa tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Davrlashtirish – insoniyat tarixini o‘z xu- susiyatlarga ega, turli belgilarga ko‘ra, bir-biridan ajralib turgan kat- ta davrlarga bo‘lishdir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə