O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə27/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

Sfragistika (yunon. sphragis – muhr) qadimiy muhrlar va ularning yozuvlari hamda tasvirlarini o‘rganadi.

O‘zbekistOn tarixi
Diplomatika (yunon. diploma – ikki buklangan qog‘oz; hujjat) ras- miy hujjatlarni o‘rganadi va tahlil qiladi.
Xronologiya (yunon. xronos – vaqt, logos tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasidagi va mamlakatlarda amal- da bo‘lgan yil hisobi va taqvimini o‘rganuvchi fan.
Metrologiya (yunon. metron – o‘lchov, logos – tushuncha, bilim; o‘lchovlar haqida tushuncha) o‘tmishda turli mamlakatlar va xalqlar orasida amalda bo‘lgan masofa, og‘irlik va sath o‘lchov birliklarini o‘rganadi.
Mavjud o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarning aksariyatida yo- ritilayotgan mavzuning tarixshunosligi berilmaydi. Mutaxassis ta- labalar uchun yaratilayotgan darsliklarda qisqacha, ekskurs tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Shuningdek, tarixshunoslikdan boxabar bo‘lish – yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzularni tanlashi uchun katta ahamiyat kasb etadi.
«O‘zbekiston tarixi» fani bo‘yicha o‘quv adabiyotlari yaratishda ta- rixiy geografiya va toponimika masalalariga ham alohida e’tibor qa- ratish lozim bo‘ladi. Maktab va o‘rta maxsus ta’lim uchun yaratilgan ayrim darsliklarda xaritalar berilgan bo‘lsa-da, oliy ta’lim adabiyotla- rida bu narsa deyarli yo‘q hisobi. Tarixiy geografiya va toponimika bilan bog‘lik bo‘lgan – tog‘lar, daryolar, ko‘llar, dasht hududlari, tekisliklar, voha va vodiylar, qadimgi makonlarning joylashuvi, hududlarning che- garalari, joy nomlari hamda ularning mazmun-mohiyati, kelib chiqishi kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha ma’lumotlar olish talabalar bilimining yanada chuqurlashuviga keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, geografik nomlar, ularning ma’lum xalqlar va elatlar yashaydigan xudularda paydo bo‘lganligi, bu jarayon tabiiy-geografik shart-sharoit, xo‘jalik shakli, turmush tarzi, urf-odat va an’analar bilan bog‘liq bo‘lganligi bois ham soha mutaxassislari tor yo‘nalishli tad- qiqotilarda tarixiy geografiya va toponimikani chetlab o‘tolmaydilar.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə