O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə28/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Tarixni o‘rganishda lozim bo‘lgan yana bir muhim jihat – madaniy meros va ma’naviyat masalasidir. O‘z tarixini chuqur anglagan, o‘rgangan va bilgan xalq yoki millat hech qachon o‘zligini yo‘qotmasli- gi barchaga ayon. Istiqlol yillarida xalqimizning qadriyatlari, urf-odat- lari, marosimlari va bayramlari, og‘zaki ijodi an’analarini qayta tiklash va targ‘ib etishga zamin yaratildi. Tarixiy-madaniy merosni o‘rganish yoshlarimizda tarixiy ongning rivojlanishiga, o‘z ajdodlarining qanday bunyodkor bo‘lganligini, xalqimiz madaniyatning jahon sivilizatsiyada tutgan o‘rnini anglab yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston hududlarida sodir bo‘lgan tarixiy-madaniy, ijti- moiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, turli davrlarda yuz bergan madaniy yuksalish va inqiroz holatlari, bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashlari, ezgulik va bunyodkorlikka intilishi, bu yurtda buyuk al- lomalar faoliyati O‘zbekistonning o‘ziga xos serqirra va rang-barang tarixidan dalolat beradi. Aynan shuning uchun ham bu tarix eng qa- dimgi davrlardan boshlab minglab yillar davomida ajdodlarimiz va
xalqimiz tarixi sifatida o‘rganilib, o‘ziga xos tarixshunoslik yo‘nalishi- ga ega.
Umuman olganda, «tarixshunoslik» atamasi quyidagi ma’noda muhim masalalarni o‘rganishda qo‘llanishi mumkin:

  1. Mamlakatlar, tarixiy-madaniy viloyatlar, elatlar, xalqlar, sulo- lalar tarixi tarixshunosligi.

  2. Ma’lum bir tarixiy davr tarixshunosligi (masalan: tosh davri, bronza va temir asri, o‘rta asrlar).

  3. Tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, tarix- shunosligi, alohida ilmiy maummolar, mavzularning o‘rganilishi tarixi (tarixiy sivilizatsiyalar va shaharlar, etnogenez masalalari, madaniy aloqalar va qadimgi yo‘llar, diplomatiya va xalqaro munosabatlar, me’morchilik va tasviriy san’at, yozuv madaniyati va boshq.).

O‘rta Osiyoning qadimgi hamda o‘rta asrlar tarixi va madaniyatiga oid quyidagi manbalar mavjud:

  1. «Avesto», qadimgi fors bitiklari, yunon-rim tarixchilari va geograflarning O‘rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari (Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Diodor, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Pompey Trog, Pliniy, Tatsit va boshq.).

  2. Antik davri xorazm yozuv namunalari va hujjatlari, baqtriya-yunon, baqtriya-kushon va sug‘d yozuvlari hamda tangalardagi yozuvlar.

  3. Ilk o‘rta asrlar mualliflarining xabarlari (vizantiyalik Prisk Paniy- skiy, Prokopiy Kesariyskiy, Menandr Protektor, Stefan Vizantiysikiy, Suriya hujjatlari, arman va xitoy manbalari, xorazm yozuvlari, sug‘d yozuvlari va boshq.).

  4. O‘rta Osiyo rivojlangan o‘rta asrlar davri tarixiga doir asarlar (Tabariy, Firdavsiy, narshaxiy, beruniy, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istaxriy, balazuriy, Ibn Fadlon, bayhaqiy, Ibn Xurdodbeh va boshq.).



  5. Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə