O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə36/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekistonning paleolit davri yodgorliklari o‘rganishda qadim- shunos olimlarning xizmatlari katta (A.P.Okladnikov, O‘.Islomov, M.R.Qo- simov, T.Mirsoatov, R.X.Sulaymonov, E.b.bijanov va boshq.). Ularning tadqiqotlari tufayli, qadimgi tosh davriga oid muhim makonlar aniqlan- di, ko‘pdan-ko‘p arxeologik kashfiyotlar jahon miqyosida tan olindi.
Farg‘ona vodiysidagi So‘x daryosi vohasida Haydarkon qishlog‘i chekkasida Selungur g‘orida ilk paleolit davriga oid madaniy qatlam- dan tosh parchalari va siniqlaridan yasalgan qirg‘ichlar, tishsimon qurollar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh bo‘laklari topilgan. Shuningdek, g‘or-makonidan yovvoyi hayvonlarga tegishli bo‘lgan 5 mingdan ortiq suyak qoldiqlari aniqlangan.
Selengur qurollarining yoshi 1 mln yildan ziyodroq, deb taxmin qilinadi. Topilmalarning orasidan eng ahamiyatlisi ibtidoiy odamning bosh suyagi parchasi, tishlari va yelka suyagi bo‘lagidir. Arxeologiya
fanida «Farg‘ona odami» – «Fergantrop» deb shartli ravishda nomlan- gan bu qazilma odam qoldiqlari, O‘rta Osiyo, insoniyatning eng qadim- gi ajdodlari rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligidan dalolat beradi. biroq O‘rta Osiyoda ilk paleolit davri odamning butunlay saqlangan bosh suyagi topilmagan, shu sababli mintaqadagi bu davr ibtidoiy odamning antropologik tuzilishi haqida aniq bir narsa deyish mushkul. Ko‘lbuloq makonidan (Toshkent vil.) ko‘p qatlamli yodgorlik ochil- gan bo‘lib, uning eng pastki qatlamlari ilk paleolit davriga oiddir. Qizilol- masoy va Toshsoy (Ohangaron) makonlaridan ham ilk paleolit davriga
oid chopper, nukleus va qirg‘ichlardan iborat tosh qurollar topilgan.
Ko‘lbuloqda istiqlol yillarda o‘zbekistonlik arxeologlarning chet ellik hamkasblari bilan qo‘shma ishlari natijasida paleolitning barcha bosqichlariga oid (ilk, o‘rta, so‘nggi paleolit) madaniy qatlamlaridan tosh qurollar aniqlandi.
Ilk paleolit davri odamlari toshdan ishlangan sixchalar, chopqichlar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh parchalari va siniqlaridan ishlangan qurolar- dan foydalanishgan. Qurollarning ko‘pchiligi tashqi ko‘rinishda qo‘pol va soddadir. Eng qadimgi tosh qurollar mintaqaning turli hududlarida Janubiy Tojikistondagi Qizqal’a, Janubiy Turkmanistonda Qoratangir, Qirg‘izistondagi On-Archa daryosi bo‘yida (norin tumani), Janubiy Qozog‘istonda Chimkent shahridan shimoldagi Kichik Qoratog‘ oldida bo‘riqazigan va Tanirqazigan makonlaridan topilgan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə