O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə32/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
XIX asrning ikkinchi yarmida insonning kelib chiqish masalasi bi- lan bog‘liq evolyutsiya (rivojlanish, takomillashish) nazariyasi vujudga keldi. Shu tariqa tabiatshunoslik ta’sirida etnologiya fanida evolyutsi- ya maktabi paydo bo‘ldi. Mazkur oqim yo‘nalishdagi ustunlik qilgan ta’limotga ko‘ra, organik – jonli olam singari, inson, jamiyat va madaniyat quyi shakllaridan yuqori, yuksalgan shakllariga sari bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlangan. Yevropa tabiatshunoslari bu jarayonda mehnatning roli yuksak bo‘lganligini ta’kidladilar. bunda ibtidoiy odamning mehnat faoliyati asosida jismoniy va aqliy o‘zgarishiga urg‘u berilgan edi. An- tropologiya fanida ilk qazilma va zamonaviy qiyofadagi odamlar oilasi
«hominidae» – «gominiylar» deb ataladi.

  1. asrda olimlar ibtidoiy odamlarning ilk ajdodlarini 1925-yilda Janubiy Afrikada R. Dart tomonidan topilgan «australopitekus», ya’ni

«janubiy maymun» deb atalgan qazilma odam bilan bog‘ladilar. U bun- dan 6-5 million yil ilgari shakllangan. Avstralopitek tik turib yurgan bo‘lsa ham, biroq zamonaviy qiyofadagi odamdning eng qadimgi aj- dodlaridan ancha farqlangan. Shu bois, ayrim antropologlar uni inson ajdodi bo‘lishidan shubhalanadi, boshqalari esa avstralopitekdan an- tropogenez jarayoni boshlangan deb hisoblaydi.
Taxminan bundan 2 mln yil avval ancha takomillashgan gominiylar vujudga keladi. Ularning qazilma skelet suyaklari va tosh qurollari efi- opiya hududida hamda Tanzaniyadagi Olduvay darasida (Sharqiy Af- rika) topilgan («zinjantrop»). bu ibtidoiy odamlar paleoantropologiya fanida lotincha maxsus atama bilan «Homo» ya’ni «odam», ularning dastlabki turlari «Homo habilis» – «ishbilarmon odam» va keyingi bosqich vakillarini «Homo erectus» – «tik yuruvchi odam» deb atash rasm bo‘ldi. «Homo erectus» zamonaviy odamga ancha o‘xshab, gav- dasi baquvvatroq bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u turli tosh qurollarini yasash ko‘nikmalariga ega bo‘lib, olovni bilib olgan va uni kashf etgan. Sharqiy Afrika iqlimi u paytlarda ancha salqin edi. Olov ibtidoiy to‘da uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sovuq kun- larda odamlarning tanalarini isitgan va yirtqich hayvonlardan hi- moyalanishda vosita bo‘lgan. «Homo erectus» odamlari uzoq maso- falarda ko‘chib yurib, keng mintaqalarni, jumladan Osiyo hududlarini o‘zlashtirgan.
Osiyoda qazilma odamlar qoldiqlari Indoneziyadagi Yava oro-


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə