O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə35/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Toshkent viloyatidagi Obirahmat g‘or-makonida yangi arxeologik tadqiqotlar tufayli, hozirdan taxminan 50 ming yil avval yashagan qadimgi odamning suyak qoldiqlari aniqlandi. Topilgan odam bosh suyagi va tishlari kromanon odamining neandertal odami bilan omuxtalashganligidan guvohlik beradi. bu topilma, Falastinda «Ech- ki g‘ori»dagi paleoantropologik ashyolar singari hozirgi qiyofadagi odamlarning ajdodlari bilan neandertalning chatishganligiga dalolat- dir. Shuningdek, Obirahmat odami qoldiqlarining topilishi natijasida, O‘zbekiston hududi ilk zamonaviy odam – Homo sapiens shakllangan hudud hisoblanadi.
Antropogenez jarayonida mehnatning inson turmush tarzidagi o‘zgartiruvchanlik mohiyatini arxeologiyaga oid manbalar tasdiqlay- di. Ularga ko‘ra, turli davrlarga oid moddiy madaniyatning yangi aso-
slarda rivojlanishidan, mehnat qurollarning o‘zgarishi darak beradi. Inson o‘zini o‘rab olgan muhitni hamda tabiatda sodir bo‘lgan hodisa- larni bilish oqibatida, uning dunyoqarashi, ilk e’tiqodlari va ma’anaviy madaniyati rivoj topgan. zero, zamonaviy odamning ham jismoniy va aqlliy rivojlanishini mehnatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    1. Paleolit – qadimgi tosh davri tarixi


Paleolit (yunoncha, palaios – qadimgi, litos – tosh) – insoniyat tari- xining eng qadimgi davri bo‘lib, uning boshlanish sanasi jahon tarixida taxminan bundan 3-2 mln yil ilgarigi davr bilan belgilanadi. Insoni- yat minglab yillar davomida toshga ishlov berish texnikasini takomil- lashtirib va rivrojlantirib borgan, turmush tarzi hamda yashash sha- roitini yaxshilashga harakat qilgan. Paleolit davri arexologik nuqtayi nazaridan uch bosqichga: ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlarga bo‘linib o‘rganiladi. Ular arxeologik davrlashtirishga mansub bo‘lib, ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga va uni ishlash texnikasi o‘zgarishini belgilariga ko‘ra ajratilgani ma’lum.
Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va Markaziy Yevropada iqlim subtropik, Janubiy Osiyo va Afrikada tropik bo‘lib, bu hududlarda issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan. Misol uchun, Yevropada fillar, be- gemotlar va yovvoyi otlar, Osiyoda yovvoyi ho‘kizlar, karkidonlar, ot- lar va zebralar paydo bo‘lgan va issiqsevar o‘simliklar keng tarqalgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyo paleoliti haqidagi bahslar-
da bu jarayonni asosan Yevropa paleoliti bilan bog‘lab kelar edilar. Ammo so‘nggi yillarda O‘zbekiston arxeologlari tomonidan olib boril- gan ko‘pgina tadqiqotlar bu masalaga ancha oydinlik kiritdi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə