O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə38/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
boysun tog‘idagi Teshiktosh g‘or-makoni topilmalari dunyo ar- xeologiya fanida mashhurdir. Tadqiqotlar natijasida g‘or-makondan beshta madaniy qatlamdan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Shuningdek, turli hayvonlar: qoplon, yovvoyi ot, eshak, quyon va turli qushlarning suyak qoldiqlari aniqlangan. Tosh qurollar orasi- da qirg‘ichlar alohida o‘rin egallab, ularning ba’zilari kesgich qurol vazifasida ishlatilgan bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, o‘tkir uchli cho‘qmorlar, tosh pichoqlar va sixchalar ham topilgan.
Eng muhimi shundaki, Teshiktosh g‘or-makonining yuqori qatlam- laridan 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. bu bola neandertal
tipidagi qadimgi odam vakilidir. U dafn etilganda ibtidoiy dafn maro- simlariga amal qilinib jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab qo‘yil- gan. Shuningdek, g‘or-makondan gulxan izlari va kul qoldiqlari topilib, gulxan o‘rni va atroflaridan tog‘ echkisi suyak qoldiqlari aniqlangan.
Toshkent viloyatidagi Obirahmat makoni Chotqol tizmasidagi Pal- tov soyining yuqori oqimida joylashgan. Makondan mehnat qurollari, jumladan, nukleuslar, parrakchalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar va kesgichlar topilgan. Obirahmatdan bug‘u va tog‘ echkisi, jayron, arxar suyaklari aniqlangan.
O‘rta paleolit davri hayvonot olami turli-tuman bo‘lib, neandertal odamlari tog‘ echkisi, bug‘u, qulon, yovvoyi ot hamda mayda hayvon- larini ovlaganlar. Ibtidoiy odamlar olovdan foydalanish va uni saqlash uslublarini bilib olganlar. Vaqt o‘tib, odamlar yog‘ochni yog‘ochga ishqalash, chaqmoqtoshlardan o‘t chiqarish, ya’ni olovni sun’iy hosil qilish yo‘llarini topganlar. Olov sovuqdan va yirtqich hayvonlardan saqlanish, go‘shtni pishirishga imkoniyat yaratgan.

O‘zbekistOn tarixi
zarafshon vohasidagi Qo‘tirbuloq makoni, Toshkent vohasining Xo‘jakent, Ko‘lbuloq makonlari, Farg‘ona vodiysidagi bo‘ribuloq, Tom- chisuv yodgorliklari, zarafshon vohasidagi Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq makonlari ham o‘rta paleolit davriga oiddir.



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə