O'zbekiston tarixi. Final indd


O‘rta paleolit davri tosh qurollari



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə39/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘rta paleolit davri tosh qurollari


O‘rta paleolitning boshlariga kelib shimoldan ulkan muzlikning siljib kelishi natijasida iqlim tamoman o‘zgaradi. natijada ibtidoiy odamlar turmush tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Sovuq iqlim tufayli odamlar ko‘proq g‘orlarga joylasha boshlaydilar. Janubdagi kichik tuyoqli issiqsevar hayvonlar qirilib ketib shimol bug‘ulari, mamontlar, ulkan ayiqlar paydo bo‘ladi. Yirik hayvonlarning yoyilishi esa o‘z navbatida jamoa bo‘lib ovchilik qilishning vujudga kelishiga olib keldi.
O‘rta paleolit davrida g‘or va ungurlarni o‘zlashtirish, gulxan atrofida to‘planish va nihoyat jamoa bo‘lib ov qilish uslublarining paydo bo‘lishi mintaqadagi qadimgi odamlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta paleolit davriga oid Uchtut shaxta-ustaxonasi topib tekshirilgan. bu yodgorlik chaqmoqtosh kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lib, zarafshon vohasining o‘rta qismida joylashgan (navoiy viloyati). Shuningdek, Uchtutdan 1-2 km sharqda Ijond va Vaush kabi o‘rta paleolit makonlari aniqlangan. Ulardan hayvon suyaklari va turli xil tosh qurollar (nukleuslar, sixchalar, keskichlar) topilgan.
So‘nggi paleolit davri mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. bu davrga oid Samarqand makoni (shaharning o‘zida), Xo‘jag‘or (Farg‘ona vodiysi), bo‘zsuv va Tuyabo‘g‘iz, Ko‘lbuloq (Toshkent viloyati), Takalisoy g‘or-makoni (Samarqand viloyati) yodgorliklari topib tekshirilgan.
So‘nggi paleolit davriga kelib qadimgi odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshlaydilar, ularning turmush tarzida va mehnat qurollarida yangi unsurlar paydo bo‘ladi. Qurollarning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, ovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan nayzasimon o‘tkir qurollar, turli pichoqlar, qirg‘ichlar va kesgichlar shular jumlasidandir. So‘nggi paleolit hayotdagi eng muhim xususiyati shundaki, bu davrda ibtidoiy to‘dadan urug‘chilik jamoasiga o‘tila boshlandi.

O‘zbekistOn tarixi
So‘nggi paleolit davri odamlarning zamonaviy jismoniy qiyofasi shakllanishida, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishida, tosh qurollar tayyorlashda yangi yutuqlar qo‘lga kiritilishida muhim ahamiyat kasb etgan davrdir. bu davrga kelib mehnat qurollari yasash texnikasida, qadimgi odamlarning yashash sharoiti hamda turmush tarzida, ularning ijtimoiy munosabatlarida, fikrlash va dunyoqarashida, jismoniy qiyofasida keskin o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi.
bu davrdagi qurollar ilgarigi davr tosh qurollariga nisbatan ancha takomillashadi. Ushbu davrning muhim xususiyatlaridan yana biri –
suyakdan qurollar yasash edi. Misol tariqasida bu davr topilmalari orasida suyakdan yasalgan garpunlar va ignalar uchraydi.
Xullas, so‘nggi paleolit davri makonlaridan aniqlangan topilmalar ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlardan dalolat beradi. Xo‘jalikdagi asosiy mashg‘ulot ovchilik va termachilik bo‘lib, erkaklar ovchilik bilan, ayollar esa termachilik bilan shug‘ullanganlar. bu davrda birgalikda yashagan va mehnat qilgan hamda umumiy mulk va oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lgan qarindoshlar urug‘ jamoasi vujudga kelgan. Ilk urug‘ jamoalarida yoshi katta ayollarning mavqeyi ancha baland bo‘lganligi tufayli, jamoa a’zolari ayol kishi – ona tevaragida jipslashgan. Shu tariqa matriarxat urug‘ jamoasi paydo bo‘lgan.

Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə