O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə47/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Xo‘jalikning ilg‘or ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi tarix fanida «neolit inqilobi» deb ataladi. Odam uzoq tarix davomida tabiatda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotdan foydalanib, xo‘jaliklarning ibtidoiy o‘zlashtiruvchi shakllarini rivojlantir- gan. bu jarayon odamning aqliy va jismoniy taraqqiyoti, amaliy bilimlari, tajribasi va mashg‘ulotlari hamda ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj- langanligi bilan bevosiga bog‘liq bo‘lgan. neolit davriga kelib, inson o‘z mehnat faoliyati bilan tabiiy sharoitga faol ta’sir etib, ilg‘or unumdorlik xo‘jaligiga o‘ta boshlagan.
Shu bilan birga eng qadimgi xo‘jalik mashg‘ulotlari (madaniyatlar- ning notekis rivojlanganligi tufayli) neolitda o‘z ahamiyatini yo‘qot-
magan. O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida (Xorazm vohasi, Farg‘ona vodiysi, Hisor tog‘lari) ovchilik va baliqchilik, qisman chorvachilik, shu davrda xo‘jalikning asosini tashkil etgan.
Xorazm vohasida Kaltaminor madaniyatiga tegishli (mil. avv. V-IV ming yilliklar) yonbosh (Jonbos 4) yodgorligi diqqatga sazovordir. Makonda 290 kv metr hajmli turar joyning qoldig‘i topilgan. U kul- ba shaklida bo‘lib, yog‘och ustun, sinchlar bilan ko‘tarilgan. Kulba o‘rtasida katta markaziy o‘choq, uning atrofidan esa mayda o‘choqlar qoldiqlari topilgan. Еtnografik ma’lumotlar bilan solishtirilgan holda, Kaltaminor madaniyati manzilgohlari yirik jamoalar a’zolariga tegish- li bo‘lganligi aniqlangan. Jonbos 4 kulbasida 100-120 kishi yashagan deb taxmin qilinadi.
Kulba o‘rtasidagi katta markaziy o‘choq turli marosimlar paytida butun jamoa a’zolariga xizmat qilgan. Uning atrofida joylashgan may- da o‘choqlar esa ayrim oilalarga tegishli bo‘lgan. Kaltaminor madani- yati makonlaridan sopol idishlar, tosh qirg‘ichlar, nukleuslar, nayza va o‘qlarning uchlari va boshqa tosh qurollar topilgan.
neolit davri yodgorliklari buxoro vohasi va Qizilqumda ham topib tekshirilgan. Darvozaqir I makonidan chaylasimon uy-joy qoldigi, bir nechta uchoq, tosh qurollar va sopol idish parchalari topilgan. Ar- xeologik ma’lumotlarga ko‘ra, zarafshon etaklaridagi neolit davri makonlaridan topilgan tosh qurollari orasida silliqlangan bolta va po- nalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, o‘q va nayza uchlari bor.
neolit davrida qadimgi qabilalar O‘rta Osiyo hududlarini keng miqyosda o‘zlashtiradilar. bu davrda mintaqa hududlarida ziroatchi- lar bilan birga ovchilar va baliqchilar ham yashaganligi bizga ma’lum. Xullas, neolit davri yodgorliklari O‘rta Osiyo qadimgi tarixining dol- zarb masalalarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə