O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə49/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Ovchilik va baliqchilik asosida rivojlangan jamiyatlar iqtisodiy va madaniy jihatdan orqada qolgan. Ularning ijtimoiy munosabatlari- da tosh davri tuzumiga xos xususiyatlar saqlangan. biroq Qadimgi Sharq shahar-davlatlari chegaralarida yashovchi dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘lgan qabilalar ham (Kavkazorti, O‘rta Osiyoning janubi) qadimgi urug‘chilik tuzumining ko‘pgina xususiyatlarini saqlab qol- ganlar. Mazkur viloyatlarda dehqonchilik xo‘jaligi ortiqcha mahsulot- ni keng darajada yaratilishiga asos bo‘lmagan. Urug‘, qabilaviy tuzum xususiyatlari saqlanib qolgan holda, jamoalar oziq-ovqat mahsulotini umumiy mulkka aylantirib, mahsulotlar baravar taqsimlangan edi. Iste’mol vositalarining baravarligi, mehnat unumdorligining pastligi va xo‘jalik ishlarini butun urug‘ a’zolari tomonidan birgalikda amalga oshirilishi an’analari – ibtidoiy tuzumning asosiy belgilaridir.
Eneolit davri qabilalarining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqi- yoti bir xil darajada bo‘lmagani tufayli arxeologik ma’lumotlar O‘rta Osiyo aholisining iqtisodiy-madaniy jihatdan notekis rivojlanganidan dalolat beradi,
Shuning uchun ham mintaqaning turli viloyatlarida neolit bilan eneolit xronologik jihatdan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Turkmaniston- ning janubida mis-tosh davrining boshlanishi mil. avv. IV ming yillikka mansub bo‘lgan bo‘lsa, xuddi o‘sha zamonda O‘rta Osiyoning shimoliy dasht va sharqiy tog‘liq viloyatlarida qadimiy qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug‘ullanganlar. bu ikki davr (neolit va eneolit) madaniy-xo‘jalik darajalari jihatdan bir-biridan farq qilgan. Madaniy-xo‘jalik turlari qadimgi mashg‘ulot- lar, turar joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ishlab chiqarish qurollari asosida o‘rganiladi.
Metalning kashf etilishi va xo‘jalikda mis qurollarning joriy qilini- shi bir necha asrlar davomida sodir bo‘lgan. Odamlar o‘z mehnat qu- rollarini yasash uchun har xil toshlar qidirish jarayonida tabiiy misga duch kelishgan. Dastlabki mehnat qurollari yerdan sof holda topilgan misdan yasalgan. Kuchli olovda mis rudasini suyuqlikka aylantirish metalchilikning rivojlaninshga sabab bo‘lgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘is- tonning viloyatlarida ochiq mis konlari, ular atrofida metall eritish qo‘ralari topildi.
Misdan harbiy qurollar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va zeb-ziynatlar ham tayyorlangan. Ammo mis yumshoq metall sifatida, qabilalarning xo‘ja- lik hayotida toshdan ishlangan qurollarni siqib chiqarolmagan, hatto butun ilk metall asri davomida tosh qurollardan keng foydalanilgan. Shuning uchun ham bu davr mis-tosh davri deb ataladi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə