O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə45/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Neolit davri moddiy madaniyati va xo‘jaligi. O‘rta Osiyoning janubida neolit davri mil. avv. VI ming yillikda boshlangan. neolit tosh asrining so‘nggi bosqichi hisoblanadi. bu davrda odamlar turli tabiiy sharoitga moslasha boshlaganlar va shundan kelib chiqib, turli geografik hududlardagi tegishli uy-joylar, mehnat qurollari va xo‘ja- liklar ham har xil shaklda rivojlanib borgan.
O‘rta Osiyoning issiq iqlimli janubiy o‘lkalarida yashagan kishi- lar dehqonchilik, chorvachilik va uy hunarmandchiligi shakllari bi- lan mashg‘ul bo‘lganlar. Shimoliy-sharqiy o‘lkalarda yashovchi aholi,
(tog‘lar, tog‘oldi va dashtlar) tabiiy sharoiti tufayli, avvalgidek, asosan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik bilan shug‘ullanib, moddiy madaniyat jihat- dan orqada qolib ketgan. bunga xo‘jaliklar va moddiy madaniyatning notekis rivojlanishi sabab bo‘lgan.
Janubiy Turkmaniston aholisi 8-7 ming yil avval dehqonchilikning dastlabki shakllari bilan shug‘ullana boshlaganlar. bu hududlarda ilk neolitda o‘troq manzilgohlar va guvaladan qurilgan uylar paydo bo‘la- di (Joytun, Chag‘alli, Cho‘pontepa). Ulardan topilgan don qoldiqlari (arpa, bug‘doy), toshdan ishlangan o‘roqlar va yorg‘uchoqlar dehqon- chilik kashf etilganligidan dalolat beradi.
O‘rta Osiyoning boshqa viloyatlarida neolit davri qabilalari daryo so- hillari va tarmoqlari yoqasida, qo‘l bo‘yilarida yashab, tabiiy imkoniyat- idan kelib chiqqan holda, asosan ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullan- ganlar (Xorazmda Kaltaminor madaniyati, Janubiy Tojikistondagi Hisor madaniyati yoki Farg‘ona neolit davri madaniyatlari). neolit davrining eng katta yutuqlaridan biri – kulolchilikning paydo bo‘lishidir.

O‘zbekistOn tarixi
Qadimgi Sharq tarixidan ma’lumki, eng qadimga idishlar mil. avv. VIII-VII ming yilliklarga oid bo‘lib, toshdan va yog‘ochdan yasalgan hamda novdadan to‘qilgan. Savatlar ba’zan loy bilan suvalgan va ana shunday savat tasodifan gulxanga tushib qolgan bo‘lishi mumkin. O‘tda savatning novdalari kuyib ketgan, suvalgan loy esa shu darajada qotib qolgan. Albatta, loy gulxanga boshqa vaziyatlarda ham tushib qolishi mumkin edi. Odamlar o‘tda kuygan loyning pishiqligani e’tiborga olib, loydan yasalgan va gulxanda kuydirilgan buyumlarning ro‘zg‘or uchun foydali amaliy ahamiyatini tushunib yetganlar. Shu asosda kulolchilik rivoj topgan.



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə