O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə41/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘lkamizda topib tekshirilgan o‘rta paleolit davri makonlari, asosan, g‘orlarda joylashadi. Demak, muzlik bosib kelishi bilan boshpana zarur bo‘lib qolib, odamlar tabiiy pana joylar – g‘orlarni egallashga harakat qilganlar. Muzlik davrida neandertal odamlari murakkab sinovlardan o‘tgan. Odamlarning asosiy mashg‘uloti ovchilik bo‘lib, bu jarayon ko‘p sonli va turli shakllardagi qurollarni ishlab chiqarishni talab etgan va eng qadimgi xo‘jalikning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Odamlar asta-sekinlik bilan yirik hayvonlarni ham ov qilishni o‘rganib bordi, ular olovdan foydalanish va uni saqlashga harakat qildilar. Uzluksiz mehnat asosida inson aqliy va jismoniy jihatdan o‘zgarib bordi.

  • Olov – sovuqdan va yirtqich hayvonlardan saqlanish, ovqat pishirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo o‘tni egallash

    o‘rmondagi yong‘inlardan, tabiiy o‘tlardan foydalanishdan boshlangan. bunday o‘tlarni o‘chirmasdan, uzoq vaqt davomida saqlab turish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish mumkin bo‘lgan. Shu bilan birga, odamlar yog‘ochlarni ishqalash yo‘li bilan va chaqmoqtoshlardan o‘t chiqarish yo‘llarini topganlar.

      1. Odamlar yirik hayvonlarga ov qilishi natijasida ovchilikning usullari ko‘payib borgan (hayvonlarni o‘rab olish, botqoqlikka haydash, jarga qulatish va boshqalar). Hayvonlarni ovlash jarayoni mehnatni maqsadli tashkil qilishni talab etgan. So‘nggi paleolitda qurollar yasashning yangi usullari vujudga kelgan. Qurollar tosh parrakchalardan yasalib, ko‘pincha nukleuslarning (nukleus – tosh o‘zak) yangi shakllari bilan bog‘lanadilar va qurollarning xili ko‘paya boshlaydi.

      2. So‘nggi paleolit davrida zamonaviy qiyofali odam keng hududlarni o‘zlashtirdi. zamonaviy qiyofali odamning paydo bo‘lishi sabablaridan biri – jamoada yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning man qilinishi bo‘lib, ushbu jarayon odamning jismoniy turini biologik jihatdan tez o‘zgarishiga olib kelgan.



    Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   457




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə