O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə44/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Xullas, mil. avv. XI-X ming yilliklariga kelib Kaspiy bo‘ylaridan Pomir tog‘larigacha, Kopetdog‘ etaklaridan Markaziy Qozog‘iston- gacha bo‘lgan keng hududlarda mezolit davri qabilalari yoyiladilar. Ushbu hududlarning geografik sharoiti xilma-xil bo‘lib, mezolit davri makonlari pasttekisliklar, daryo va soy bo‘ylari hamda tog‘oldi hudud- larida joylashgan. bu davr qabilalari va urug‘lari ovchilik, baliqchilik hamda termachilik bilan kun kechirganlar.
Mezolit davrida ham urug‘ a’zolarining jamoa mehnati va o‘zaro yordamlari hayotning zaruriy sharti bo‘lgan. Kamon va o‘qlardan ibo- rat yangi qurollarning xo‘jalikning yangi turlari vujudga keldi. Mil. avv. IX-VII ming yilliklar davomida Old Osiyoda ovchilikdan chorvachilikka
va termachilikdan dehqonchilikka, xo‘jalikning ishlab chiqarish shak- liga o‘tish boshlangan. bu jarayon tarixda bir vaqtda boshlanmagan va ba’zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda biroz kech sodir bo‘lgan. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish qay tariqa boshlangan? Tarixchilar va etnograflarning aytishicha, ovda kamon ishlatilishi natijasida bevosi- ta iste’moldan ancha oshiq o‘lja topish mumkin edi. Ovchilar yarador hayvonlarni yoki ularning bolalarini birdaniga o‘ldirmasdan, uylari- ga olib kelganlar. Ayrim hollarda bu hayvonlarni odamlar oziq-ovqat
g‘amlab qo‘yish maqsadida boqishlari lozim bo‘lgan.
Termachilik mashg‘ulotining rivojlanishi natijasida, inson o‘sim- liklar olami haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lgan (o‘simlik va da- raxtlar o‘sishi qonuniyatlari, hosil qilishi, ularning foydaligi va zararli- gi, don va urug‘lar, mevalar, ildizlar haqida va boshqa ma’lumotlar). Mezolit davrida Qadimgi Sharqdagi issiqtalab yovvoyi boshoqli o‘sim- lik va daraxtlar ham tobora ko‘paya borgan. bu yerda dehqonchilik rivoj topishiga turli xil imkoniyatlar bo‘lgan. Old Osiyo va Ikki daryo

  • Dajla va Frot oralig‘ida yashovchi termachilar bug‘doy va arpa ekish tarixini boshlab berganlar. Shu hududlarda mil. avv. X-IX ming yil- liklarda it va mushuk qo‘lga o‘rgatilgan. Ular eng qadimgi xonakilash- tirilgan hayvonlar bo‘lib, it ovchilarga xizmat qilgan.

O‘ta Osiyodan mezolit davri odamlari so‘nggi paleolit davriga nis- batan jadal rivojlanib, keyingi davrlar madaniyati rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganlar.
O‘rta Osiyo neolit va eneolit davri madaniyatini o‘rganishga taniq- li olimlar, yirik qadimshunos – mutaxassislar katta hissa qo‘shgan- lar (S.P.Tolstov, Y.G‘.G‘ulomov, V.M.Masson, O.K.berdiev, O‘.Islomov, V.I.Sarianidi, A.V.Vinogradov, M.Jo‘raqulov, n.Xolmatov, A.Isoqov va boshq.). Ularning sa’y-harakatlari tufayli dasht-cho‘l va vohalarda qidi- ruv hamda qazishma arxeologik ishlar olib borilgan. bu tadqiqotlar- ning natijalari ilmiy maqolalar va monografilarda o‘z aksini topgan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə