O'zbekiston tarixi. Final indd


Sopol idish yasash tasma uslubi



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə46/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

Sopol idish yasash tasma uslubi.


neolit davri kishilari qay yo‘llar va uslublar orqali kulolchilikni kashf etmasinlar, ular loydan har xil idishlar yasashni va olovda pishirishni o‘rgandilarki, bu o‘sha zamon uchun juda katta madaniy yutuq edi.
Sopol idishlar ovqat tayyorlash va oziq-ovqatni saqlash uchun odamlarga yangi imkon yaratgan. Chorvador va dehqon, ovchi va baliqchilar ham sopol idishlardan keng foydalanganlar. neolitda vu- judga kelgan kulolchilik, ayniqsa dehqonchilik va uy chorvachiligi taraqqiyoti uchun shart edi.
Janubiy Turkmanistondagi neolit davri madaniyagi Joytun madani- yati deb ataladi (mil. avv. VI-V m.y.). Joytun makoni O‘rga Osiyo hududida eng mashhur dehqonchilik maskanidir. Uning xarobalari Ashxaboddan 25 km shimoldagi Qoraqum bilan kesilib chegaralan- gan yerlarda joylashadi. Joytun makonida yarim gektar maydonni egallagan 30 ta bir xonali qadimgi uy-joylarning qoldiqlari topib tek- shirilgan. Ular guvaladan barpo etilgan. Uylarning har birida alohida o‘choqlar, supalar va tokchalar bor. Har bir uyda yakka 5-6 kishidan iborat oila yashagan. Joytun manzilgohida 30 ta uy-joy bo‘lib, uylarda taxminan 150-180 kishi yashashi mumkin bo‘lgan.
Joytunliklar dehqonchilik hamda xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanib, echki va qo‘ylarni boqqanlar. Uylarning sathidagi loy su- vog‘ida arpa va bug‘doy donlari saqlanib qolgan.
Yodgorlikda topilgan qo‘lda tasma uslubida yasalgan sopol idishlar rangli naqshlar bilan bezatilgan. Idishlar har xil shakllardan iborat bo‘lib (xumcha, tuvaksimon, qozoncha, kosasimon, piyola), qadimgi deh- qonlarning xo‘jalik hayoti va uy ro‘zg‘orida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Joytunda tosh boltalar, o‘roqlar, kamon o‘qlarining uchlari, mun- choqlar, urchuqlar hamda loydan ishlangan va gulxanda pishirilgan
odamlar va hayvonlarning haykalchalari topilgan.
neolit davrida kulolchilikdan tashqari, to‘qimachilik ham kashf etiladi, o‘zaro buyum va oziq-ovqat almashinuvi rivojlanadi, qadimgi jamoalarning moddiy va ma’naviy madaniyati jadal rivoj topadi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə