O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə43/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Paleolit davrining yirik hayvonlari yo‘qola borib ular o‘rniga kichik tuyoqli, tez yuguruvchan hayvonlar – jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog‘ ech- kisi, arslon, yo‘lbars, qoplon, quyon kabilar ko‘paya boradi. Shuning- dek, janubga xos issiqsevar, yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit davri kishilarining hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar. Xususan, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda qurollar – mikrolitlar paydo
bo‘lib ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida foy- dalanilgan. Undan tashqari bu davrda insoniyat o‘z tarixidagi dastlab- ki murakkab moslama – o‘q-yoyni kashf etdi. natijada chopqir, kichik tuyoqli hayvonlar va parrandalarni ov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Mezolit davri tosh qurollari




Mazkur davrning eng katta yutuqlaridan yana biri Yaqin Sharq hududlarida yovvoyi hayvonlar – it, qo‘y, echki kabilarning qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilishi bo‘ldi. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra mezolit davrida Old Osiyoning ba’zi viloyatlarida termachilik- dan yovvoyi o‘simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chor- vachilikka o‘tish boshlanadi. bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlar- ning rivojlanish darajasi va tabiiy-geografik sharoit bilan bevosita bog‘liq edi.

O‘zbekistOn tarixi
Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasida- gi Machay (boysun) g‘or-makonidan ko‘plab suyak va tosh qurollar to- pilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, so‘zan kabilardan iborat bo‘lsa, tosh qurollar – pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o‘q uchlari kabilardir. bu qurollarning o‘ziga xos belgilari mav- jud bo‘lsa ham Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi.
Machay makonidan odam bosh suyaklari, tishi, jag‘i va boshqa qismlari qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu topilmalarni o‘rganish tad- qiqotchilarga O‘rta Osiyoning janubidagi mezolit davri kishilarining yevropoid irqiga mansub ekanligini aniqlash imkonini berdi.
Machay g‘orida bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, ol- maxon kabi hayvonlarning ham suyak qoldiqlari topilgan. Machaylik mezolit davri odamlari olovdan keng foydalanganlar hamda hayvon va parranda go‘shtlarini olovda pishirib eganlar.
Farg‘ona vodiysidan mezolit davriga oid Obishir g‘or-makonidan tosh qurollar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari topilgan. Shu- ningdek, topilmalar orasida yovvoyi hayvonlarning maydalangan va sindirilgan suyaklari, baliq tutishda ishlatiladigan qadoq toshlar ham bor. Topilgan ashyolarga asoslanib obishirliklar baliqchilik, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullangan deyishimiz mumkin.
Markaziy Farg‘ona hududlaridan Sho‘rko‘l, Achchiqko‘l, Yangiqa- dam, bekobod, zambar, Toypoqko‘l kabi 80 ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqlandi. Ularning ko‘pchiligi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib aftidan bu joylar mezolit davri kishilarining yashashlari uchun ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lgan. bu yerlardan topilgan ko‘pgina qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbatan nozikligi, ixchamligi bi- lan paleolit davri qurollaridan ajralib turadi. Markaziy Farg‘onadagi mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik, termachilik ham- da baliqchilik ustunlik qilib, qulay tabiiy-geografik sharoit mazkur hududlarda qadimgi odamlarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan.
Toshkentning g‘arbida, Qadimgi bo‘zsuv anhori sohilidan Qo‘shi- lish mezolit makoni o‘rganilgan. Ushbu makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh qurollar topil- gan. Qo‘shilish makoni topilmalari mil. avv. XI-X ming yilliklariga oid bo‘lib, bu yerda yashagan qadimgi qabilalar ovchilik va termachilik bi- lan shug‘ullanganlar.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə