O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə42/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
So‘nggi paleolit davrining muhim xususiyatlaridan biri, ibtidoiy to‘dadan urug‘ jamoasiga o‘tilishidir. Urug‘chilik tuzumining boshlang‘ich va asosiy shakli matriarxat – ona urug‘idan iborat bo‘lgan. Urug‘chilik tuzumi inson hayotidagi bir qator ijobiy o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga asos solgan. Manzilgohlar ov qilinadigan joylar bilan bog‘langan, bu joylarga qarindosh-urug‘lar ega bo‘lib, ular ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazganlar, shuningdek baliqchilik rivoj topgan.



So‘nggi paleolit davri uy-joylari. Tiklangan


    1. Mezolit, neolit va eneolit davri tarixi

Tosh asrining keyingi rivojlanish bosqichi fanda mezolit (o‘rta tosh) davri O‘rta Osiyoda nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklar bilan bel- gilangan. Mezolit – odamlarning Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular dengiz, qo‘llar va daryo bo‘ylari hamda tog‘li hududlarda yoyilganlar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan – Pomirgacha, Markaziy Qo- zog‘istondan Kopetdog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona vodiysi), bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jay- ronquduq (Ustyurt), Sulton Uvays (Quyi Amudaryo o‘ng sohili yerlari) kabi O‘rta Osiyodagi 50 dan ziyod yodgorliklar shular jumlasidandir.
Mezolitning ilk va so‘nggi bosqichlarini belgilashda tadqiqotchilar geografik shart-sharoit, toshni qayta ishlash texnikasi va odamlarning turmush tarzi hamda mashg‘ulotlariga asosiy e’tibor qaratadilar.


Mezolit davri ixtirosi. O‘q-yoy




Mezolit davriga kelib Yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga an- cha o‘xshab qolgan edi. buning natijasida O‘rta Osiyo hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə