O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə50/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘rta Osiyo eneolit davrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ja- rayonlari moddiy topilmalar asosida o‘rganiladi. bu hududning janub qismida Joytun madaniyatining an’analari yangi asosda ancha yuksak darajada rivoj topib, yangi madaniy-tarixiy jarayonlar bilan bog‘lanadi.
Ilk va rivojlangan mis-tosh davrida qabilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar va notekisliklar saqlanadi. Yangi xo‘jalik turlari – dehqonchilik va uy chorvachiligi avvalgidek O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbida qulay geografik sharoitda rivojlanishi tufayli, bu yerdagi qabilalarning madaniy-xo‘jalik va ishlab chiqarish taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Quyi zarafshon va quyi Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar ziroatchilikka o‘tmaganlar.
O‘rta Osiyoning sharqiy qismidaga tog‘lik tumanlar aholisi xo‘jaligida ovchilik ustunlik qilar edi.
O‘rta Osiyoning shimoliy va sharqiy viloyatlarida Kaltaminor va Hisor madaniyatlariga mansub madaniy-xo‘jalik an’analari taraqqiy etgan. Dasht va tog‘ makonlaridan topilgan xilma-xil moddiy man- balarni o‘rganish natijalari (sopol idishlar, tosh qurollar, hayvon va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy hayotida ovchilik va baliqchilik tirikchilikning asosiy manbayi bo‘lganligidan dalolat be- radi. Shu bilan birga dasht qabilalari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi boshlangan. Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va kullar atrofida yashagan. Tabiiy boyliklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbayi edi.
Kopetdog‘ atrofidagi yerlar o‘zining tabiati va iqlimi jihatidan (yerlari quruq va issiq iqlimli) dehqonchilik uchun qulay edi. Eng qadimgi sug‘o- rish tarmoqlari shunday sharoitga ega bo‘lgan soylar etaklarida vujudga kelgan. Tog‘ daryolari bo‘ylarida yashovchi qabilalar qadimdan arpa, beda va boshqa ekinlarni sug‘orishda, asosan soy suvlaridan foydalanganlar.
Janubiy Turkmanistonda eneolit davriga oid 32 ta qadimgi makon ma’lum. Ularning asosiy qismi Ashxabodga yaqin joyda va Geoksur vo- hasidan topib tekshirilgan. Geoksur vohasi 8 ta qadimgi manzilgohdan iborat bo‘lib, eneolit davrida o‘troq dehqonchilik tumaniga aylangan edi. Qadimiy vohaning aholisi 4000-5000 kishidan iborat bo‘lgan.
Geoksurtepa I atrofidagi qadimgi sug‘orish maydonlari 50-75 gektar bo‘lib, kanallarning uzunligi o‘rtacha 3 km ni tashkil etgan. Qabilalarning hayotida chorvachilik ham katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Makonlardan yovvoyi qushlar va hayvonlar suyaklari topilgan. Ovchilik dehqonchilik qabilalari hayotida saqlangan bo‘lsa ham, lekin xo‘jalik turi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə