O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə48/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
bu davr mehnat vositalarida o‘zgarish yuz berib, xususan, tosh, suyak va yog‘ochga ishlov berishning an’anaviy uslublari yuksaklikka erishgan. Ayniqsa, toshni silliqlash, parmalab teshish singari texnologi- yalar kashf etilgan, mikrolit qurollar yanada takomillashgan.
Hozirgi O‘zbekiston hududlarida mezolitning oxiri va neolit davrida janubiy-g‘arbiy Ustyurt va Qizilqumning ichki hududlari, zarafshon va Amudaryo etaklari ovchilar va baliqchilar jamoalari tomonidan keng o‘zlashtirilgan edi.
Soha mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, neolit davrida aynan qulay ekologik muhit va tabiiy iqlim sharoiti yangi hududlarni o‘zlash- tirish imkonini beradi. Shu tariqa, jamoalar turli tabiiy-geografik sha-
roitga bu jarayon turli neolit madaniyatlarining paydo bo‘lishiga sa- bab bo‘lgan edi.
eneolit davri. Еneolit – mis-tosh davridir. Mil. avv. IV ming yillikka qadar odamlar faqat toshdan, yog‘ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar. Mis metallurgiyasining kashf etilishi, misdan ishlangan qurollar va buyumlardan foydalanish insoniyat tarixida yana bir taraqqiyot bosqich bo‘lib, kishilik madaniyatining yangi asoslarda rivojini tezlashtirishga imkon bergan.
Eneolit davriga o‘tish ishlab chiqaruvchi kuchlarning yanada yuk- salganligini ko‘rsatadi. Misdan ishlangan qurollar tosh qurollarga nisbatan ancha takomillashgan bo‘lsa-da, lekin og‘ir qurollar yasash uchun mis yaroqsiz bo‘lgan. Shu sababdan, eneolit davri qabilalari tosh qurollardan ham keng foydalanganlar. Mis va tosh qurollarning birgalikda ishlatilishi qadimgi xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qadimgi Sharqda ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar va hunarmand- chilikning rivojlanishi asosida katta, sersuv daryolar vodiylarida sha- har-davlatlar paydo bo‘ldi. bu yerda qulay tabiiy sharoitdan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ham ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqi- yotining umumiy rivojini tezlashtirishga imkon bergan.
Qabilalarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo‘lmagan. neolit davri qabilalari orasida vujudga kelgan iqtisodiy va madaniy notekislik eneolit zamonida ancha kuchaydi. Mazkur davrda Yevropa va Osiyo aholisi xilma-xil xo‘jalik turlari bi- lan ajralib turgan. Shu asosda ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etgan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə