O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə51/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Eneolit davri madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi de- vorlar bilan o‘ralgan manzilgohlarda, xom g‘ishtdan qurilgan uylar- da yashaganlar. Uy-joylar dumaloq va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uylarning devorlari somonli qorishma bilan suvalgan. Dastlab eshiklar uchun yog‘och ishlatilmay, ular hayvon terilari bilan to‘silgan, so‘ng- gi eneolit davrida yog‘och eshiklar paydo bo‘lgan. ba’zi manzilgohlar mudofaa devorlari bilan o‘ralgan.
Qurilish uslublari ancha rivojlangan. Uylar ichida to‘rtburchakli yoki halqa shaklidagi o‘choqlar o‘rnatilgan. Turar joylar yonida don saqlash uchun xo‘jalik xonalari va maxsus molxonalar qurilgan. Aholi ko‘proq mayda chorva – qo‘y-echkilarni boqqanlar.
Janubiy Turkmaniston eneolit davri sopol buyumlari qadimgi hu- narmandchilik kasbini o‘rganishda g‘oyat qimmatli moddiy manba hisoblandi. Sopol idishlar rangdor bo‘lib, naqshlar ichida geomet- rik chiziqlar va hayvon yoki qush rasmlari uchraydi. Sopol buyumlar har xil shakllarda yasalgan, ko‘pchilik sopol idishlarning tagi yassi. Don saqlash uchun xumsimon idishlar ishlatilgan. Ular bilan birga tovoqsimon, piyola va kosasimon mayda idishlar ham bo‘lgan. Sopol buyumlarning qizil, qora va sariq rangli naqshlari mineral buyoqlar bilan ishlangan.
Moddiy topilmalar orasida mis pichoqlar va ignalar, toshdan yasal- gan o‘roq va pichoq qadamlari, qirg‘ichlar, nayza va o‘q paykonlari, yorg‘uchoqlar va boshqa qurollar uchraydi.
Eneolit davri qadimgi jamiyatning ijtimoiy, xo‘jalik va madaniy rivojlaninshda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. So‘nggi eneolit ona urug‘i – matriarxat tuzumidan patriarxat – ota urug‘iga o‘tuvchi davr bo‘lib hisoblanadi, lekin ota urug‘i hukmronligi faqat bronza asrida o‘rnatilib, qadimgi qabilalar orasida keng yoyildi.
Arxeologik qazishmalar natijasida topgan manbalar e’tiqod va diniy qarashlardan ham dalolat beradi. Еneolit davri ibodatxonalarida rangli devor naqshlari topilgan. Inshootlar o‘rtasidagi markaziy o‘choq diniy marosimlar o‘tkazishga xizmat qilgan. bu o‘tga sig‘inishning dastlabki shakllari bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Chunki odamlar ibodat- xonadagi markaziy o‘choqni ovqat pishirish uchun emas, balki tabiiy kuchlarga sig‘inish maqsadida ishlatganlar. Dehqonchilik bilan shug‘ul- lanadigan qabilalar orasida olovdan tashqari quyoshga, yerga, suvga, hosildorlik bilan bog‘liq jarayonlarga sig‘inish keng tarqalgan. Ibodat- xonalar eneolit davri ijtimoiy hayotining diniy markazlari hisoblangan. Loydan ishlangan hayvon haykalchalari va rangli sopol idishlar- dagi hayvon rasmlari totemizm (hayvonlarga sig‘inish) shakllari bilan
bog‘liq bo‘lgan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə