O'zbekiston tarixi. Final indd


O‘rta Osiyoda paleolit davr yodgorliklari va qurollarning rivojlanishi



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə40/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘rta Osiyoda paleolit davr yodgorliklari va qurollarning rivojlanishi





Sana (mil. avv. m. y.)

Davr

Yodgorliklar

Qurollar

-12
-20
-30
-35

So‘nggi paleolit



Bo‘zsuv Uchbuloq Samarqand makoni

Nayzasimon qurollar sixchalar, tosh parrakcha, qirg‘ichlar, teshgichlar

-40
-50
-60
-70
-80
-90
-100

O‘rta paleolit

Obirahmat Xo‘jakent Ko‘lbuloq Teshiktosh Qo‘tirbuloq Omonqo‘ton Uchtut

Tosh qirg‘ich, tosh parrakcha, nayzasimon tosh uchi, nukleus, o‘tkir uchli cho‘qmorlar, qo‘l chopqichlari, kurakchalar



-200
-300
-400
-500
-600
-700
-800
-900

Ilk paleolit



Qoratangir Bo‘riqazigan Tanirqazigan Qizqala Seleng‘ur On-Archa



Qo‘l cho‘qmorlari, tosh- qirg‘ich, tosh parchalari, chopper – daryo toshlari- dan ishlangan qurollar




O‘zbekistOn tarixi
So‘nggi paleolit davriga kelib hozirgi zamon qiyofasidagi odamning shakllanishi bir vaqtning o‘zida jahon tarixida yevropoid, negroid va mongoloid irqlarining paydo bo‘lishiga olib kelgan edi. Ular bir- birlaridan tanasining rangi, soch va ko‘zlarining shakli hamda rangi, muskullar va bo‘ylarining uzun-kaltaligi, bosh suyagining shakli, yuz tuzilishi va boshqa belgilari bilan farqlangan. Irqlarning shakllanishida
tabiiy sharoit ham muhim ahamiyat kasb etgan. negroidlar Afrikada, yevropoidlar Yevropada, mongoloidlar Osiyo hududlarida keng tarqalganlar.
So‘nggi paleolit davriga kelib odamlar g‘orlardan chiqib yengil turarjoylar – chayla va yarim yerto‘lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqalib, tekisliklarda, daryo va ko‘llar bo‘ylarida joylashadilar hamda qarin- dosh-urug‘chilik jamoalariga bo‘linadilar.
Paleolit davri tarixiga oid quyidagi muhim xulosalarni chiqarish mumkin:

    1. Ilk paleolit davri mehnat qurollari o‘zining soddaligi va qo‘polligi bilan keyingi davrlarning mehnat qurollaridan ancha farq qiladi. Makonlar suvga yaqin, yerlarda joylashgan. Eng qadimgi odamlar dastlab to‘da bo‘lib yashaganlar. Makonlarda topilgan hayvon suyaklari va tosh qurollarning xususiyatlari eng qadimgi odamlar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib, shu asosda hayot kechirganligini ko‘rsatadi.

Shubhasiz, u paytda odamlarning aqliy va jismoniy rivojlanish darajasi ularga yakka-yakka yashash uchun hech qanday imkoniyatlar yaratib bermagan. Ularning oziq-ovqat zaxiralari chegaralangan edi, bundan tashqari, yakka yashagan, odamlar yirik yirtqich hayvonlarning hujumidan o‘z hayotlarini saqlay olmasdilar. Ochlik xavfi va ko‘p vaziyatlarda noma’lum tabiiy jarayonlar eng qadimgi odamlarni to‘da bo‘lib yashashga majbur qilgan. Olimlar fikriga ko‘ra, ilk paleolit davridagi iqlim issiq bo‘lganligi uchun odamlarning uy-joy va kiyimga ehtiyoji bo‘lmagan.



    1. Yüklə 8,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə