O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə37/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
bunday ko‘rinib turibdiki, ilk paleolit davri makonlari tog‘larda va tog‘ oldi hududlarida tarqalgan. Misol tariqasida, On-Archa makoni den- giz sathidan 2500 m balandlikda, Selengur g‘ori esa 2000 m balandlikda joylashgan. Ilk paleolit davri makonlaridan topilgan hayvon suyaklari va tosh qurollari ibtidoiy odamlar ovchilik va termachilik bilan shug‘ul- lanib, tabiatda tayyor mahsulotlarni o‘zlashtirib yashaganlar.


Ilk paleolit davri tosh qurollari


O‘rta paleolit (muste madaniyati) – qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. bu davrga kelib (bundan 100-40 ming yil muqaddam) neandertal qiyofali odamlar keng hududlarga yo- yiladilar hamda avvalgi davrga nisbatan tabiat bilan faolroq munosa- batga kirishadilar.
O‘rta paleolit davrida tabiiy sharoit o‘zgarib Yevropa, Osiyo va Amerikaning katta qismini ulkan muzliklar qoplaydi. natijada ma- montlar, shimol bug‘ulari, ayiqlar, umuman sovuqsevar hayvonlar keng tarqaladi. Muzlikning siljishi oqibatida ob-havoning sovushi ne- andertal odamlarining tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo‘lgan edi. bunday moslashuv yashash zaruriyatining turli ko‘rinishlari
sovuqdan saqlanish, boshpana izlash, kiyim kiyish va olovni kashf etish kabilar bilan izohlanadi. bu davr odamlari o‘z faoliyatlari davo- mida dunyoni bilish, tabiat to‘grisida, undagi o‘zgarishlar va voqealar- ga munosabat borasida ma’lum dunyoqarashga ega bo‘lib, ibtidoiy bilimlar hamda fikrlash ko‘nikmalarini egallay boshlaydilar.
O‘rta paleolit davrda tosh qurollar turlari va ularning vazifasi takomil- lashuvida anchagina o‘zgarishlar kuzatiladi. Hozirgi kunda o‘rta paleolit davri tosh qurollarining 60 dan ziyod turlari aniqlangan bo‘lib ular orasida o‘tkir uchli qurollar va tarashlagichlar keng tarqalgan.
bu davrga oid O‘zbekistondagi dastlabki yodgorlik Teshiktosh (Sur- xondaryo) g‘or makoni 1938-yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan edi. Keyinchalik O‘rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan o‘rta paleolit davriga oid ko‘plab makonlar aniqlandi va ularda tadqiqot ishlari olib borildi. Omonqo‘ton (Taxtaqoracha dovoni, Samarqand), Qo‘tirbuloq va zirabuloq (zarafshon vodiysi), Obirahmat (Toshkent viloyati), Ko‘lbuloqning yuqori qatlamlari (Toshkent viloyati), Qizil- nur (Qizilqum), Xo‘jakent (Toshkent viloyati) kabi ko‘plab makonlar o‘rta paleolit davriga oiddir.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə