O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə33/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
lidan XIX asrning oxirlarida topilgan bo‘lib, fanda ularni «pitekan- trop» («maymun-odam») deb atash rasm bo‘lgan. Pitekantroplar bundan taxminan 1 mln – 700-600 ming yil ilgari (E.Dyubua) yasha- gani aniqlangan. Shuningdek, 1927-yilda Xitoy hududlaridan topil- gan (D.blek) qadimgi odam qoldiqlari («sinantrop» – «xitoy odami») bundan 600-500 ming yil ilgarigi davrga oidligi aniqlangan. Qadimgi qazilma odam qoldiqlari Germaniyaning Geydelberg va Vengriyaning budapesht shahri yaqinidan ham topilgan.
zinjantrop, pitekantrop va sinatroplar gominiylar rivojlanishining ilk paleolit davri bosqichlarida yashaganlar. bu turdagi eng qadimgi odamlar gavdalarini tik tutib yurganlar va toshdan turli mehnat qu- rollari yasab, ulardan foydalana bilganlar. Qurol yasay bilishi, o‘simlik ildizlari va mevalarni iste’mol qilishda shu qurollardan foydalanishi, shuningdek, ayrim hayvonlarni ovlashi ilk odamlarni hayvonot olami-
dan ajratib turgan. Ibtidoiy odamlarning makonlaridan qo‘pol tosh qurollar va hayvonlar suyaklari topilgan. O‘rta paleolit odamning qa- zilma qoldiqlari Germaniyaning neandertal vodiysidan topilganligi sababli fanda u «neandertal odami» deb nomlash rasm bo‘lgan. nean- dertal qiyofadagi odamlarning suyak qoldiqlari bugungi kunga qadar Afrika, O‘rtayer dengizi qirgoqlari, O‘rta Osiyo, yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari hududlaridan, Qora dengiz bo‘ylaridan, Shimoliy Yevro- pa hamda Osiyo yerlaridan ko‘plab topilgan. bu qiyofadagi odamlar jis- moniy jihatdan nisbatan ancha baquvvat bo‘lib, o‘rtacha 20-25-yil umr ko‘rgan. Ular toshdan xilma-xil qurollar yasab, yirik hayvonlar ovlash ko‘nikmalariga ega bo‘lganlar.
neandertalning tashqi qiyofasida, ibtidoiy belgilar saqlanib, shu- ningdek, u zamonaviy qiyofadagi odamga ancha yaqinlashib qolgan edi. Fransiyaning Tordoni viloyatidagi so‘nggi paleolit davriga oid Kro- manon g‘orida qadimgi odam qabrning o‘rganilishi tufayli bu yerda baland bo‘yli (180 sm), miya kosasi hajmi zamonaviy insonga o‘xshash odam dafn etilganligi aniqlangan. Olimlar g‘ordan topilgan odam ske- let suyaklari qoldiqlari asosida uning tashqi qiyofasini tikladilar. Kro- manon g‘orida topilgan odam «kromanon odami», ya’ni Homo sapi- ens (aql-idrokli odam) deb ataldi. zamonaviy odam dastlabki vakil- larining suyak qoldiqlari bugungi kunda Yer yuzining yuzdan ziyod makonlaridan ochib o‘rganilgan. Kromanon odami zamonasiga kelib insonning biologik va jismoniy qiyofasi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan darajada edi. Kromanonlar davrida urug‘chilik jamoasi
vujudga keladi.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə