O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə31/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Turli davrlarda yashagan mutafakkirlar insoniyatning paydo bo‘li- shi haqida ilmiy ta’rifga yaqin fikrlarni bayon etganlar. Yunon fayla- suflari mil. avv. VI-V asrlardayoq odamning kelib chiqishi tamomila tabiiy hodisa deb tavsiflashga uringanlar. Ko‘pchilik tadqiqotchilar insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol topishi natijasida hozirgi da- rajasiga yetib kelgan, degan fikrni ilgari surdilar. Odamni xudo yarat- ganligi yoki odam boshqa koinotdan kelib Yerga tarqalganligi haqidagi nazariyalar ham bor.
Geologik tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, osmoniy jism Yer bundan besh milliard yil ilgari paydo bo‘lib, unda dastlab hech qanday hayot bo‘lmagan. Yer tarixi geologik jihatdan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynazoy eralariga bo‘linadi. Arxey erasi oxirlarida Yerda oddiy mav- judotlar, paleozoyda esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchi jonzotlar va nihoyat kaynazoyda sut emizuvchi hayvonlar paydo bo‘ladi. Kaynazoy erasining to‘rtlamchi davri bundan 3 mln yil ilgari boshlanib, bu davrda odamzodning dast- labki ajdodlari paydo bo‘ladi.
Fanda odamning paydo bo‘lishi masalasi arxeologik va antro- pologik ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganiladi. Avvalambor, insoniyat pay- do bo‘lishining Qadimgi Sharq va Yunoniston asotirlari ma’lum va ilo- hiyot bilan bog‘liq bo‘lgan nazariyalar mavjud.
Yakka xudolikni targ‘ib etgan barcha diniy ta’limotlarda insonning paydo bo‘lishi yoki yaratilishi ilohiyot bilan bog‘lanadi. Xususan, «bib- liya» ta’limotiga ko‘ra, odam xudo tomonidan tuproqdan yaratilgan. Muqaddas Qur’oni Karimda esa odamning loydan yaratilib, Allohning irodasi bilan unga jon ato etilgani ta’kidlanadi. Insoniyatning ilk va- killari sifatida «bibliya»da Adam va Yeva, Qur’oni Karimda Odam Ato va Momo Havo nomlari keltiriladi. Hozirgi kunda odam paydo bo‘lishi haqidagi diniy va dunyoviy ta’limotlar bir-biridan ajralgan holda, mus- taqil rivojlanmoqda. Jahon miqyosida ikkala ta’limotning ham taraf- dorlari ko‘p.
Dunyoviy fanlar, xususan, antropologiya, arxeologiya, tarix fani an- tropogenez jarayonini ilm-fan sohalarida erishilgan natijalarning da- lillariga asoslanib o‘rganadi. Tarix fanida insoniyat tabiatning bir qis- mi bo‘lib, u yerdagi taraqqiyotning ma’lum bosqichida vujudga kelib uzluksiz izlanish va mehnat tufayli takomillashib borganligi haqidagi xulosalar ustunlik qiladi. Fanda odamning paydo bo‘lishi va rivojlan- ish jarayoni antropogenez (yunoncha antropos – odam, genesis ke- lib chiqish, rivojlanish) deb ataladi.
Ilmiy adabiyotlarda antropogenez jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi:

      1. Odamning ibtidoiy ajdodlari.

      2. Eng qadimgi odamlar.

      3. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlar.



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə