O'zbekiston tarixi. Final indd


Moddiy yoki arxeologik manbalar



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə25/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

Moddiy yoki arxeologik manbalar. Ma’lumki, eng qadim- gi davr tarixining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yozma manbalar orqali yoritilmagan. Odamzodning uzoq o‘tmishidan darak beruvchi asosiy ma’lumotlar – moddiy (ashyoviy) manbalar bo‘lib, ularning barchasini odamlar yaratgan va ular inson hayoti hamda faoliyatida muhim o‘rin tutgan. Moddiy manbalarning ko‘pi yerosti- da arxeologik yodgorliklarning madaniy qatlamlarida saqlanadi va ular arxeologik qazuv ishlari orqali topib tekshiriladi.

Moddiy ashyoviy manbalarga insonning turmush tarzi, moddiy madaniyati va ishlab chiqrish bilan bog‘langan topilmalar, ya’ni tosh, suyak, metaldan ishlangan mehnat hamda jang qurollari, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar, kulolchilik buyumlari – urchuq boshi, sopol chiroq hamda qadimiy zeb-ziynatlar, san’at buyumlari, tanga pullar va boshqa topilmalar kiradi. Moddiy manbalar yozuvsiz zamon- lardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular ar- xeologik yodgorliklar – odamlar yashagan joylar, eng qadimgi g‘or-ma- konlar, qadimiy manzilgohlar, qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh suratlari, hunarmandchilik ustaxonalari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug‘orish inshootlari, ishlab chiqarish uchun xomashyo qazib olingan konlar o‘rganilishi natijasida topiladi.


  1. O‘zbekistOn tarixi
    Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turi bo‘lib, ular insonning ijtimoiy faoliyati, o‘zaro munosabatlari natijasi o‘laroq yaratilgan va o‘sha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy vo- qealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida O‘zbekiston tarixini o‘rga- nishda muhim o‘rin tutadi. Ularga epigrafik yodgorliklar, ya’ni, tosh, metall, suyak, yog‘och, charm va sopolga bitilgan yozuvlar, «Avesto», mixxat yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining asarlari perga- ment va qog‘ozlardagi qo‘lyozmalar, o‘rta asrlar binolari va qabr tosh- laridagi yozuvlar kiradi.

Yozma manbalar o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: 1) Oliy va mahal- liy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, far- monlar, inoyatnomalar va boshq.), moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar. 2) Tarixiy, geokosmografik hamda bibliografik asarlar.
Tarixiy manbalarni o‘rganishning o‘zi tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, mazkur fanning rivojlanishi va tarix yozilishida katta ahami- yatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy usullarga tayanadi. Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligi- ni aniqlash bilan birga ularni turkumlarga ajratadi. Tarixiy manbalarni aniqlash va saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish va yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi. Manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarni o‘zida aks ettirgan bo‘lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati va tarixiy ekanligi yuqori bo‘lib, o‘tmish haqiqatining yuza-
ga chiqishiga yaqindan yordam beradi.


  1. Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə