O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə21/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Yunon-rim tarixchilari va faylasuflari tarixiy voqealar va dalillarni tizimli bayon etish uslubini yaratdilar. Qadimgi Rim faylasufi va shoiri Lukretsiy Kar (mil. avv. 99-55) insoniyat tarixini ilk bor uch davrga ajratdi bular – tosh, mis va temir davrlaridir.
XV-XVI asrlarda Italiyada «medium ayevum», ya’ni «o‘rta asr- lar» atamasi paydo bo‘lib, XVII-XVIII asrlar tarixshunosligida «qadim- gi dunyo», «o‘rta asrlar» va «yangi davr» tarixi tushunchalari o‘rin topdi. Mazkur davr tarixchilari qadimgi – antik davri tarixini madaniy yuksalish sifatida ta’rifladilar. Shuningdek tarixni «qadimgi dunyo»,
«o‘rta asrlar» va «yangi davr»ga ajratib o‘rganish, muayyan ma’noga
ega emas, bu davrlashtirish tarixiy materiallarning farqlanishini aks ettiradi xolos, degan g‘oya ilgari surildi.

  1. asrda shotland olimi A.Fergyuson jahon tarixini «yovvoy- ilik», «varvarlik» va «sivilizatsiya» bosqichlariga ajratdi. Rimlik Lukretsiy Kar g‘oyasi izidan borgan daniyalik qadimshunos K.Y.Tom- sen XIX asrning 30-yillarida turli yodgorliklarda topilgan arxeologik materiallarni tosh, bronza va temir davrlarga ajratib berdi. bu «uch asrlik» davrlashtirish tizimidan foydalangan shved olimi S.nilson arxeologiya va etnografiya ma’lumotlarini qiyoslab, insoniyat ta- rixida «yovvoyi» bosqichi, nomadizm (ko‘chmanchi chorvachilik), ziroatchilik davri va sivilizatsiya bosqichi namoyon bo‘lgan deb o‘z nuqtayi nazarini bayon etgan.

1870-yillarda amerikalik etnograf olim L.G.Morgan asarlarida ijti- moiy-iqtisodiy belgilarga asoslangan davrlashtirish tizimi taklif qilin- di. L.Morgan insoniyat tarixidagi «yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsi- ya» davrlarini alohida bosqichlarga bo‘ladi: o‘zlashtiruvchi xo‘jaliklar – termachilik, ovchilik va baliqchilikning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar – dehqonchilik va chorvachilikning taraqqiy etishi, temir- ning kashf qilinishi – davrlashtirishning yuqori nuqtasi sifatida e’tirof etildi. Morgan ibtidoiy jamoa tuzumi asosini urug‘ tashkil etgan, u mat- riarxat va patriarxat davrlaridan iborat bo‘lgan, ibtidoiy jamiyat iqti- sodiyoti jamoatchilik mulkchiligiga tayangan va bu holat (jamoatchilik tamoyillari) insonning ijtimoiy hayotini belgilab bergan degan fikr-mu- lohazalarni o‘rtaga tashlagan. Tadqiqotchi urug‘chilik jamoasi davrida umumiy turmush tarzi, mehnat qurollari va xo‘jaligi hamda umumiy manfaatlar jihatdan odamlar guruhlarining birlashgani haqidagi qa- rashlarni birinchi bor fanga kiritgan. Shuningdek, u jamoatchilik va xu- susiy mulkchilik shakllarining nisbati masalasini ilgari surdi.

  1. asrda insoniyat tarixini har tomonlama rivojlangan ijtimoiy va



Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə