O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə20/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asos- lanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida bahs-munozaralar davom etmoqda. Mazkur mavzu turli yillarda tadqiqotchilar to- monidan ko‘rib chiqilgan (S.P.Tolstov, V.M.Masson, E.V.Rtveladze, A.A.Asqarov, R.X.Sulaymonov va boshq.). bu muammo yuzasidan, xu- susan, qadimgi davrlar va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirishga oid tur- li fikr-mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga jahon tarixshunosligida tarixiy davrlashtirish masalasiga doir to‘plangan tajriba, uning ijobiy va salbiy tomonlari deyarli tahlil qilinmadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90-yillarida, tarixiy ildizlarni bilishga tabiiy intilishdan kelib chiqqan
ayrim mualliflarning kitoblarida tarixni davrlashtirish orqali ta’riflash
mezoni unutildi.
Mustaqillik yillarida haqqoniy tarixni yaratish borasida olib boril- gan tadqiqotlar tufayli sovet davri tarixshunosligida ustunlik qilgan markscha nazariyaga tayangan jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy belgilarga ko‘ra, tarixni davrlashtirish masalasi qayta ko‘rib chiqildi.
Ma’lumki, markscha g‘oyalariga asoslangan jahon tarixini tizimli anglash yondashuvi XIX-XX asrlar tarix fani taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi. Bu g‘oya turli xalqlarning bir хil, umumiy qonuniyatlar ta’sirida- gi tobora o‘sib boradigan rivojlanishi nazariyasidan kelib chiqqan. In- soniyat tarixi markscha qarashlarida yuksalgan ijtimoiy-iqtisodiy for- matsiyalarning tadrijiy almashuvi sifatida bayon etildi. Mazkur g‘oya, ko‘p jihatdan Yevropa mamlakatlari tarixiga mos keladi. Misol uchun, quldorlik tuzumi Qadimgi Yunoniston va Rimda, feodalizm – Fransiya- da, kapitalizm – Angliyada klassik tarzda namoyon bo‘ldi. biroq sovet davri tarixshunosligida, bu nazariya jahonning turli mintaqalarida o‘z xususiyatlariga va rivojlanish qonuniyatiga ega tarixiy jarayonlari inobatga olinmagan holda, boshqa mamlakatlar va xalqlar tarixiga nis- batan umumiy qonun tarzda qo‘llanildi.
Ma’lumki, Yer yuzida hayot va insoniyatning vujudga kelishi haqidagi ilk tasavvurlar Qadimgi Sharq va Yunoniston asotirlarida o‘z aksini topdi. Yunon tarixchisi Gerodot (mil. avv. 484-yilda Kichik Osiyodagi Galikar- nass shahrida tug‘ilgan, mil. avv. 431-425-yillar o‘rtasida vafot etgan) Qa- dimgi Sharq xalqlari va yunon-fors urushlari tarixini yoritib, ahamoniy- lar sulolasi podsholari (Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks) hukmronligi yillari sanasining izchiligida voqealarni bayon etgan. Muallif dunyoda mashhur tarixiy asarlardan biri «Tarix» kitobini yozishda, tarixiy, geografik va et- nografiya materiallaridan keng foydalangan. Gerodot 10 yil davomida Old Osiyo, Misr, Ossuriya, bobil va Qora dengizning shimoliy sohillariga sayohat qilib ko‘pdan-ko‘p tarixiy ma’lumotlar to‘plagan.


Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə