O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə16/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Avvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, uning lug‘aviy ma’nosi yunon- cha «metodos» va «logos» degan ikki so‘z birikmasidan iborat bo‘lib, metod, ya’ni uslub – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya va ta’limot, logiya esa fan deganidir. Metodologiya, ya’ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va ta’limotlari majmuyidan ibo- rat bir butun fandir. boshqa ma’noda esa, metodologiya ilmiy bilish yoki ma’lum bir ilmiy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llani- ladigan usullar haqidagi fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, ya’ni ta- rix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Tarix fanini o‘qitish uslubiyati deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning natijalarini asoslash yo‘lla- rini amaliyotda mazkur fanga xos bo‘lgan ilmiy bilimlar mexanizmini samarali tatbiq etilishi tushuniladi. Tarix fani metodologiyasi deganda tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilishi tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan tarix fani doirasida qo‘llaniladigan ta’limotiga aytiladi. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning qonuniyatlari va tamoyillarini, shu fanga xos bo‘lgan qat’iy tu- shunchalar majmuyi va bilish uslublarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji darajasini, uning nazariy-uslubiy holati bel- gilab beradi. bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik umumiy qonuniyatdir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatni, mumtoz ta- rixshunoslik talablari va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish tavsiya etiladi:
      1. O‘zbekiston tarixi fanining uslubiy, ilmiy-nazariy, g‘oyaviy


va falsafiy asoslari. bunga quyidagilar kiradi:

  • din bilan dunyoviylik o‘rtasida mo‘tadil munosabat bo‘lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi;

  • tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;

  • tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikeng- lik asosida yondashish;

  • tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‘l va islohot- chilik tashkil etadi deb anglamoq;

  • tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan o‘zgalar tarixiga hur- mat ruhida murojaat etish;

  • tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;



  • Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə