O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə12/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning barcha tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir bu- tunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, mamlakatimizning hududi- da eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti va jamiyatning asosiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Uning o‘rga- nish predmetiga esa mana shu makondagi turli voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar ho- disasi va jarayonlar, umuman, insonning yaratuvchanlik faoliyati ki- radi.
O‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqealar va hodisalarni xalq hamda tarixiy shaxslar faoliyatisiz tasavvur etish mushkul. Tarix fanining asosiy maqsadi – o‘tmish voqeliklarini anglash, ulardan tegishli saboqlar chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, vayronkor g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi g‘oyalarni targ‘ib etishdir. Ezgulik va bunyodkorlikka intilgan o‘tmish ajdodlarimiz bilan bugungi avlod
o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hi- soblanadi.
Tarixning ibtidoiy bosqichi jarayonlari sivilizatsiya, davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligini, urbanizatsiya va madaniyat, turli-tuman o‘zaro aloqalar, muhim voqealar hisoblanishini, tarix- ning taraqqiyot bosqichida fan, texnika va madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borishini hamda ularning jamiyat rivojiga bog‘liqligini va nihoyat, o‘zbek xalqiga mos bo‘lgan mustaqil taraqqiyot yo‘li tamo- yillarini anglash ham O‘zbekiston tarixi fanining asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Har qanday fanda bo‘lgani kabi O‘zbekiston tarixi fanining vazifala- rini quyidagicha belgilash mumkin:

      1. Tarixni manbalar asosida o‘rganib, xolislik va haqqoniylik mezonlariga tayanib o‘qituvchi va talabalarga tarixiy rivojlanish qo- nuniyatlarini yetkazish.

      2. Fandagi dalillar va ularning umumlashmasiga asosiy e’tibor qa- ratib, qiyosiy tahlilni amalga oshirish.

      3. zamon talablaridan kelib chiqib, imkoniyat darajasida fandagi innovatsiyalarni doimiy ravishda jalb etish.

      4. Turli davrlardagi jamiyat taraqqiyotining turg‘unlik, inqiroz va taraqqiyot bosqichlari sabablarini ochib berish.

      5. Fandagi ilmiy asoslangan yangi nazariyalarni tahlil va umum- lashtirish uslubi asosida o‘quv jarayoniga joriy etish.

      6. Tarixning harakatlanuvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib be- rish.

      7. Davlat va jamiyat taraqqiyotida mustaqillikni mustahkamlash hamda saqlash omili bo‘lgan komil insonni tarbiyalashda tarixning rolini asoslab berish.



      8. Yüklə 8,68 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə