O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə13/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

O‘zbekistOn tarixi
Talabalar va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish.

  • Yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni anglash, vijdon va umuminsoniy barkamollikni tarbiyalash.

  • Yosh avlodda vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatan- ga sadiqlikni rivojlantirish.

  • Talabalarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avay- lash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, pok- lik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqod) ni tarbiyalash.

  • Yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona va farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sa- doqatlik ruhida kamol toptirish.

    Elatlar va xalqlar, millatlar va davlatlarga taalluqli murakkab ijti- moiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Har bir voqea va hodisa inson (yoki uning bir guruhi) xatti-harakati, uning ko‘zlagan ma’lum maqsadga intilishi jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni – obyekti yurtimiz tarixi va madaniyatidir. Tarixiy obyektga nisbatan O‘zbekiston tarixi fani- ning maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasi yoki chegarasi bel- gilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda ya- qin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
    Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy che- garalar, ma’lum bir xalq, millat va mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum hudud doirasidagi voqea va hodisalarn bir yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq siyosiy, ta- rixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
    O‘zbekiston tarixi fani ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi hamda kela- jagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, in- soniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, etnologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo bu fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish obyekti va predmeti hisoblanadi.


    Yüklə 8,68 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   457




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə