Ma’ruza №10 Aerosuratni bog‘lash



Yüklə 75,08 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü75,08 Kb.
#167944
  1   2   3   4
Aerosuratni bog‘lash


Ma’ruza №10 Aerosuratni bog‘lash
REJA: 1. Aerosuratni balandlik bo‘yicha bog‘lash.
2.Monokulyar, binokulyar stereoskopik kurish. Stereoeffekt.
3.Er usti stereotopografik s’yomkasi.
4. Universal fotogrammetrik asboblar xaqida tushuncha
1. Aerosuratni balandlik bo‘yicha bog‘lash.
Aerosuratda aniqlangan nuqtalarni joydagi geodezik koordinatalarini aniqlash ishlariga aerosuratlarni bog‘lash deyiladi.
Agar aerosuratlarni bog‘lashda nuqtani to‘g‘ri burchakli koordinatalari X, Y aniqlansa, bunga aerosuratni planli bog‘lash deyiladi. Agar aerosuratlarni bog‘lashda nuqtani joydagi balandligi aniqlansa bunga balandlik bo‘yicha bog‘lash deyiladi.
Agar aerosuratlarni bog‘lashda uchta koordinata X,Y Z aniqlansa aerosuratni planli balandlik bo‘yicha bog‘lash deyiladi.
Aerosuratlarni planli bog‘lash orqali konturli fotoplanlar tuziladi.
Aerosuratlarni balandlik va planli balandlik bo‘yicha bog‘lash orqali topografik planlar tuziladi.
Agar geodezik o‘lchashlar jarayonida hamma aniqlangan (opoznak) nuqtalari navbatdagi har-bir aerosuratlarni ishlab chiqish orqali koordinatalari aniqlansa yoppasiga bog‘lash deyiladi.
Aerosuratni yoppasiga bog‘lashda har bir aerosuratni ishchi yuzasini burchagida 4 ta tayanch nuqtalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Marshrutdagi 3 yoki 4 ta va undan ortiq aerosuratlar yordamida aniqlangan opoznak nuqtalarni koordinatalari aniqlansa bunga aerosuratni siyrak bog‘lash deyiladi.
Bunday holatda aerosuratlarni kameral ishlab chiqishda, fototriangulyatsiya usulida tayanch nuqtalarni fotogrammetrik zichlash shaxobasi hosil qilinadi.
Aerosuratlarni bog‘lashda quyidagi ishlar bajariladi:

  1. Aerosuratlarni bog‘lash loyihasi to‘ziladi.

  2. Joydagi kontur nuqtalarini aniqlangan nuqtalar sifatida tanlash.

  3. Aerosuratda nuqtani rasmiylashtirish. Tanitadigan (opoznak).

  4. Nuqtalarni joyda mahkamlash.

  5. Joyda aniqlangan nuqtalarni koordinata balandligini geodezik usul orqali aniqlash.

  6. Aniqlangan nuqtalarni koordinatasini va balandligini hisoblash.

  7. Aniqlangan tayanch nuqtalarning nazorati.

Planli aniqlangan nuqtalarni koordinatasini aniqlash uchun joydagi geodezik punktalarga qo‘shimcha asos, nuqtalar loyihalanadi. Bu har bir marshrutni planli asos bilan ta’minlaydi.
Aerosuratlarni planli bog‘lash loyihasini tuzish uchun qoplama yig‘ish (nakidnoy montaj) nusxasiga (reproduksiya) avvalo hamma geodezik shaxobchalar va kartografik maydon chegarasi tushiriladi.
Planli aniqlangan nuqtalarni zichlashtirish zaruriyati va joylashtirish sxemasi tuziladigan karta masshtabiga, aeros’yomka masshtabiga, joy xarakteriga, fotogrammetrik kameral zichlash aniqligiga, ishlab chiqishda tegishli ishlab chiquvchi asoblar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Bundan tashqari marshrutlar bo‘limining boshi va oxirida fotogrammetrik zichlashtirishni bajarish rejalashtiriladi. Har bir bo‘lim o‘rtasida kamida bitta taniqli belgi bo‘lishini ta’minlash kerak.
Aerosuratlarni uchta bo‘ylama qoplanish zonasida taniqli belgilarni joylashtirish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari imkoniyat darajasida aerosuratlarni ko‘ndalang qoplashini o‘rta qismida joylashtirish mumkin.
Hamma holatlarda taniqli belgi aerosurat chetidan 1 sm. dan kam bo‘lmagan holda belgilanadi. Loyihalanayotgan planli taniqli belgilar shaxobchasiga barcha geodezik tayanch punktlar, shu jumladan nivelir reperlari kiritilgan bo‘lishi kerak.
Talab qilingan aniqlikda taniqli belgilarning koordinatasi aniqlash uchun joyda geodezik qurishni taxminiy sxemasi, planli bog‘lash loyihasida belgilanadi.
Aerosuratlarni bog‘lashda dala ishlari joy bilan tanishishdan boshlanadi. Joy bilan tanishish jarayonida taniqli belgini tanlash uchun joyda aerosurat zonasi topiladi. Taniqli belgini tanlashda aniq tasvirlangan kontur tanlanadi. Tik qiyalik, jarlik tubida yakka daraxtlarni kontur nuqtasi qilib tanlash mumkin emas.
Taniqli belgini koordinatasini aniqlash uchun unga yaqin ko‘ringan geodezik punktlar aniqlanadi va geodezik qurishni oddiy mustahkam usuli tanlanadi.
Aerosuratlarni planli bog‘lashda geodezik kesishtirishni to‘g‘ri, teskari, kombinirlangan usuli keng tarqalgan. Bundan tashqari oddiy triangulyatsiya qurishda geodezik turtburchak, markaziy sistema, uchburchak usuli va teodolit yo‘llaridan foydalaniladi.
Tanlangan kontur nuqtasi extiyotkorlik bilan igna yordamida teshiladi va hamma qo‘shni aerosuratlarda sinchkovlik taniladi. Joyda tanishni xatosi tayyorlanayotgan karta masshtabi 0,1 mmdan oshmasligi kerak.
Teshilgan nuqta atrofiga diametri 1 sm bo‘lgan aylana chiziladi va raqami yozilib qo‘yiladi. Aerosuratning orqa tomoniga teshik atrofiga aylana chizilib, nuqta raqami va yiriklashtirilgan masshtabda taniqli belgini abrisi tuziladi.
Abris aerosuratdagi fototusga mos ravishda tus berib, abris qayta tush bilan bo‘yaladi.
Abrisdan tashqari taniqli nuqtaga qisqacha ma’lumot beriladi. Joyda taniqli belgilar yog‘och stolbalar, temir trubalar, rels bilan belgilanadi, atrof tomonlari kvadrat shaklida 1,5 m qilib kavlanadi.
Joyning sharoitiga qarab, turli geodezik qurishlar sxemasi orqali taniqli belgilarning koordinatasi aniqlanadi. Taniqli belgilarni joylashish xatosi geodezik tayanch punktlariga nisbatan tuzilayotgan karta yoki plan masshtabiga nisbatan 0,14 mm. dan oshmasligi kerak.
.


Yüklə 75,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə