O'zbekiston tarixi. Final indd



Yüklə 8,68 Mb.
səhifə26/457
tarix10.06.2023
ölçüsü8,68 Mb.
#116539
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   457
O\'zbekiston tarixi 1 қисм Сагдуллаев (8)-converted

Еtnografik manbalar. Еtnografiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, etnos – xalq, grapho – yozaman, xalq haqidagi ma’lumotlar, xalqshunoslik degan ma’noni bildiradi.

Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar, ma- salan, xalq, qabila va urug‘ nomlari, inson qo‘li, aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning, naqsh va bezaklaring, kishilar ongida, shuningdek og‘zaki adabiyotda saqlanib qolgan ma’lumotlar (an’analar, urf-odatlar), kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi.


  1. O‘zbekistOn tarixi
    lingvistik manbalar. Lotincha «lingua» – til so‘zidan olingan. Ti- limizdagi, uning leksik tarkibida uzoq o‘tmishdan qolgan ijtimoiy-iqti- sodiy, ma’muriy va huquqiy atamalar: chokar (ilk o‘rta asrlarda katta yer egasinining mol-u jonini qo‘riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qilgan), kashovarz (qishloq jamoalarining oddiy mehnatkash a’zosi), kadivar (katta yer egalariga qaram bo‘lib qolgan qishloqning ziroatkor aholisi); vag‘nze (ibodatxona tasarrufudagi yerlar) va boshq.; joy, xalq, qabila va urug‘ nomlari: do‘rmon, qo‘ng‘irot, mang‘it, jaloir, qatag‘on, ming, chig‘atoy va boshqalar ko‘p uchraydi. Shu va shunga o‘xshash terminlar shubhasiz qimmatli tarixiy material bo‘lib, uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘rganishda yor- dam beradi. Ularning kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani o‘rganadi.

  2. Xalq og‘zaki adabiyoti. Og‘zaki adabiyot madaniyatning eng qa- dimgi sohalaridan bo‘lib, uning ildizi qadim zamonlarga borib taqala- di. Og‘zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kaykovus, Jamshid va Siyovush, To‘maris va Shiroq haqidagi qissalar shular jumlasidandir. «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi dostonlar, shuning- dek, xalq ertaklari, marosim qo‘shiqlari, matal va topishmoqlarning o‘z davri ijtimoiy munosabatlari tarixini o‘rganishdagi o‘rni beqiyosdir. Yoz- ma adabiyotdan avval paydo bo‘lgan bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turmushi, ma’naviy qiyofasi, urf-odati, shu davrda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma’lu- motlar beradi.

Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o‘qitish va o‘rganishda yordamchi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, O‘zbekiston tarixini o‘rganishda tarix fanining paleografiya, epigrafi- ka, numizmatika, geraldika, sfragistika, diplomatika, xronologiya, met- rologiya kabi yordamchi fanlari qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayaniladi.
Paleografiya (yunon. palaios – qadimgi, grapho – yozaman; qa- dimiy yozuv) qadimiy qo‘lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyo- hi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
epigrafika (yunon. Еpi – ustida, tepasida, grapho – yozaman; biron narsa, buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yog‘och va bosh- qa qattiq buyumlar ustiga o‘yib yozilgan qadimgi bitiklarni o‘rganadi. Numizmatika (yunon. numisma – pul) qadimiy pullarni, ashyosi,
shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
geraldika (lotin. herald gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, tur- li-tuman nishon va belgilarni o‘rganadi.

Yüklə 8,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   457




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə