O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Yahyo G’ulomovning izdoshlari



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

3.3.Yahyo G’ulomovning izdoshlari 
Professor Abdug’ani Abdurazzakov. 
Tarix fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi 
Abdug’ani Abdurazzaqov 1930-yili Toshkent viloyati Qibray tumanida dehqon 
oilasida tug’ilgan. 8-sinfni tugatib Chirchiq kimyo-mexanika texnikumiga o’qishga 
kirdi va 1950-yili tugatdi. So’ngra O’rta Osiyo politexnika institutining kimyo-
texnologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatadi. Avval Toshkent industrial 
texnikumida o’qituvchi, so’ngra Andijon viloyati ijroiya komitetida mahalliy 
sanoat bo’limida ishladi. 
Đ
lmga bo’lgan chanqoqlik yosh mutaxassisni O’z RFA 
kimyo institutiga yetakladi. Bu yerda institut direktori Yo.Aliev va arxeologlar 
sardori Ya.G’ulomov o’rta asr shishalarini o’rganish vazifasini yukladilar. 1964-


57 
yili «O’rta Osiyoning o’rta asr shishalarini kimyoviy-texnologik tadqiq etish» 
mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi va texnika fanlari nomzodi ilmiy 
darajasini oldi. 
1971-yildan boshlab tarixiy yodgorliklarni kimyoviy tadqiq etish va tamirlash 
bo’limi tashkil etilib A.Abdurazzaqov unga rahbar etib tayinlandi. 
A.Abdurazzaqov ilmiy faoliyati O’zbekistonda birinchi bo’lib arxeologiyaga 
tabiiy fanlar usullarini qo’llash bo’ldi va bu ijtimoiy fanlarda yangi yo’nalish edi. 
Olimning izlanishlari o’zbek arxeologiyasida quyidagi dolzarb masalalarni o’z 
ichiga oladi: 
1. Arxeologiya topilmalarini saqlash va tamirlash. 
2. Loy tuproqdan qurilgan obida va inshootlarni saqlab qolish usullarni 
yaratish va ochiq osmon ostidagi muzeylarni bunyod etish. 
3. Me’moriy obidalarni qurilish materiallarini yaratilish usullarini o’rganish 
va texnologiyalarini qayta tiklash. 
4. Moddiy va madaniy yodgorliklarni tamirlash va saqlash usullarini yaratish. 
5. O’rta Osiyo hunarmandchilik sohalarni tarixini va rivojlanish bosqichlarini 
o’rganish. 
A.Abdurazzakov uchta fan nomzodi va 15 dan ortiq tamirchi mutaxassislarga 
ustoz bo’lgan. Ular respublikamizdan tashqari Afg’oniston, Qozog’iston va 
Tojikiston muzeylarida ish olib bormoqdalar. 
A.Abdurazzakov 150 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar muallifidir. 
Ular o’zimizning va xorijda nufuzli nashrlarda chop etilgan (A.Abdurazzaqov, 
M.A.Bezborodov, Yu.A.Zadneprovskiy. Steklodelie Sredney Azii v drevnosti i 
srednevekove. Tashkent. 1963 y.). 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə