O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Arxeolog-olim, akademik Ahmadali Asqarov



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

 
Arxeolog-olim, akademik Ahmadali Asqarov. 
Ahmadali Asqarov 1935-yilning 25-sentyabrida Namangan viloyati Norin 
tumanidagi Uchtepa qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. 1953-yili 
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini tugallagan. Talabalik 
yillarida Yahyo G’ulomovdan eshitgan maruzalari tufayli Ahmadali Asqarovda 
tarix va arxeologiyaga qiziqish ortdi. 
Ahmadali Asqarov Buxoro, Qarshi, Surxon cho’llarida, Toshkent va 


58 
Farg’ona vohalaridan tortib to uzoq Sibir kengliklarigacha bo’lgan xududlarda 
ko’plab arxeologik izlanishlar olib borgan fidoiy tadqiqotchi hamdir. U Boyko’l 
(Baykal), Krasnoyarsk, Mohindaryo, Janubiy Turkmaniston arxeologik 
ekspeditsiyalarining ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashdi. 
Ahmadali Asqarovning ilmiy va ilmiy - pedagogik faoliyatini rivojlanishiga 
O’zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti tarkibida olib borgan 
faoliyati katta rol o’ynadi. Ayniqsa 1970-yilda davlat qarori bilan Respublika 
Fanlar akademiyasi tarkibida Arxeologiya institutining tashkil etilishi va bu 
institutni tashkil etishni A.Asqarov zimmasiga yuklatilishi A.Asqarovning keyingi 
ilmiy-tashkiliy faoliyatiga katta tasir etdi. Arxeologiya institutini Samarqand 
shah’rida ochilganligi tufayli ilgari Toshkent shah’rida ishlab kelgan bir qancha 
arxeolog ilmiy xodimlar oilaviy sharoitlari tufayli Samarqand shahriga 
kelaolmadilar, Bunday sharoitda A.Asqarovning juda katta sa’y-harakatlari bilan 
Respublikaning turli oliy o’quv yurtlarini tugallagan yoshlarni Moskva va 
Leningradning 
yirik 
arxeologlari 
qo’llarida 
nomzodlik 
va 
doktorlik 
dissertatsiyalarini himoya qilish uchun o’nlab mutaxassislarni yuborish 
imkoniyatini topdi. 
A.Asqarov Samarqanddagi yangi Arxeologiya institutini tashkil etishdagi turli 
murakkab masalalar bilan birga o’zining ilmiy ishlarini ham birga olib bordi. 
Surxondaryo viloyatining Surxon - Sherobod cho’llarida Sopolli madaniyatiga doir 
bir qancha yodgorliklar topib, ularning ilmiy natijalari A.Asqarovni nomini 
mashxur qilishda juda katta rol o’ynadi. Uning faoliyatini asosiy natijalari quyidagi 
yirik ilmiy yo’nalishlarga bo’linadi. 
1. O’rta Osiyoning bronza va ilk temir davri tarixi va madaniyati masalalari; 
2. Qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va ilk davlatchilik masalalari; 
3. O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi muammolari; 
4. Arxeologiya fanining ilmiy-uslubiy va nazariy asoslari; 
5. Ko’p jildli fundamental tarixiy asarlarni yaratishdagi ishtiroki; 
6. Oriylar muammosi va o’zbek milliy kurashi tarixi; 
7. 
Đ
lk zardushtiylikning arxeologik materiallarda aks etishi; 
8. Akademik A.Asqarovning ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati. Yuqorida 
keltirilgan yo’nalishlardan ko’rinib turibdiki, Ahmadali Asqarov xalqimiz tarixi va 


59 
arxeologiyasi bo’yicha juda yirik ishlarni qilgan. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə