O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Arxeolog-olim Mirvohid Qosimov



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

 
Arxeolog-olim Mirvohid Qosimov 
Đ
nsoniyat tarixini eng qadimgi davrlari bo’yicha yirik mutaxassis, tarix fanlari 
doktori M.R.Qosimov 1926-yil 31-dekabrida Toshkent shahrida dehqon oilasida 
tug’ildi. Uning yoshligi urushning qiyin payitlariga to’g’ri kelganligi uchun yetti 
yillik maktabni tugallab, o’sha maktabning o’zida o’qituvchilik qilishdan 
boshlaydi. 1949-1954-yillarda O’rta Osiyo universitetining Sharq fakultetini 
tugallab Toshkent viloyatining O’rtasaroy rayonidagi maktabda o’qituvchilik 
qiladi. 1957-yildan boshlab esa uning arxeologik faoliyati boshlanadi. U o’zining 
ishini dastlab O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti 
tomonidan tashkil etilgan Yah’yo G’ulomov boshchiligidagi Mohandaryo 
ekspeditsiyasida 
laborantlikdan 
boshlaydi. 
Ya.G’ulomov 
M.Qosimovdagi 
arxeologiyaga bo’lgan qiziqishni sezgandan keyin uni SSSR Fanlar akademiyasi 
Arxeologiya institutining Leningrad bo’limiga o’qishga yuboradi. Bu institutda 
M.R.Qosimov o’z zamonasining yirik paleolitshunos olimlari A.P.Okladnikov, 
P.
Đ
.Boriskovskiy, N.N.Gurina, Z.A.Abramova, L.Ya.Krqjevskaya, A.N.Rogachev, 
V.M.Masson, S.A.Semenov va boshqalar bilan tanishdi va juda ko’p martalab 
bo’lgan ko’plab ilmiy muloqotlar yosh olimni kelgusidagi katta ishlarni bajarishiga 
imkon yaratdi. 1962-yilda u «O’rta Osiyoning chaqmoqtoshlarni shaxta usulida 
qazib olish va uni qayta ishlaydigan ustaxonalar» mavzuidagi nomzodlik 
dissertatsiyasini yoqlaydi va o’zbek arxeologlari ichida birinchi paleolitshunos 
bo’lib yetishadi. Aynan M.R.Qosimov birinchi marta o’rta va quyi paleolit davri 
toshni qazib olish va uni qayta ishlash bo’yicha olib borilayotgan izlanishlarni 
birinchilaridan bo’lib boshlab berdi. 
O’rta Osiyodagi Tosh qazib olinadigan ustaxonalardan to’plangan materiallar 
M.R.Qosimovga tosh qazib olish industriyasini rivojlanish bosqichlarini aniqlash 
imkonini berdi. 
1963-1987-yillarda faqatgina O’zbekiston xududidagina emas, balki butun 
O’rta Osiyo xududida yagona bo’lgan Ko’lbuloq yodgorligini qaziydi. Aynan shu 
yodgorlik juda ham ko’plab arxeologlarga maktab vazifasini o’tadi deb aytsak xato 
qilmagan bo’lamiz. M.R.Qosimov bu yodgorlikni o’rganish uchun faqat 
arxeologlarnigina emas, balki to’rtlamchi davr bo’yicha mutaxassislar-geologlar


76 
geomorfologlar, paleogeograflar, paleozoologlar, litologlar, palinologlar va 
paleomagnit hodisasi bo’yicha mutaxassislarni jalb etdi. Klbuloqda 20 yil davomida 
olib borilgan qazishmalar natijasida 600 kv. m maydon ochildi, yodgorlikni markaziy 
qismida er yuzasidan 19 m. chuqurlikka tushildi. Shu chuqurlikda 49 ta madaniy 
qatlam ajratildi, hamda ularning davri muste va yuqori paleolit davrigacha bo’lgan 
davrlarga xos ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu qatlamlardan topilgan tosh qurollarini 
M.R.Qosimov chuqur analiz qilib, ularni quyi plestotsendan yuqori pleystotsen 
davrigacha bo’lgan geologik davrlarga xos ekanligini aniqladi. 
M.R.Qosimov 1990-yilda himoya qilingan «O’rta Osiyo va janubiy 
Qozog’istonni paleolit davri muammolari» mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida 
O’rta Osiyo va Qozog’iston xududlari paleolit davri odamlari: Yevropaning 
muzliklarbwyi, O’rtaer dengizi, Yaqin-O’rtasharq va Sibir-mongol madaniyatlarining 
bir-birlari bilan to’qnash keladigan joyi ekanligini isbotlab berdi. Bu yodgorlikda 
to’plangan juda katta kollektsiyani tah’lil qilib o’sha davr odamlarining madaniyati
xo’jaligi, turmushi va ilk diniy tushunchalari to’g’risida kerakli xulosalarni chiqardi. 
M.R.Qosimovning ilmiy faoliyati 6 ta monografiya, 100 ortiq ilmiy maqolalarda 
aks etgan. Uning ilmiy faoliyati endilikda kelgusi avlod, yoshlar uchun namuna bo’lib 
qoladi. 


77 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə