O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

X u l o s a 
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin mamlakatimiz xalqlari 
tarixini, uning betakror madaniyatini o’rganishni o’ziga maqsad qilib oldi. 
Tariximizni chuqur o’rganishni Prezident 
Đ
slom Karimov o’zlarining qator 
chiqishlarida doimo uqdirib keladi
21

Arxeologiya ham tarix fanining bir qismi bo’lib, bu ikki fan bir-biriga qarama-
qarshi bo’lmasdan, balki o’zaro hamkorlikda ishlaydigan va bir-birini to’ldiradigan 
fandir. Shuning uchun tarix fanidan arxeologiyani, arxeologiya fanidan tarixni 
ajratib bo’lmaydi. Arxeologiya fani tarixni yozma manbalardan tashqari asosan 
moddiy madaniyat manbalariga qarab o’rganadi. 
Arxeologiya fani O’rta Osiyoga bu xududni ruslar bosib olgandan keyingina 
kirib kelgan. Rossiya xududiga ham arxeologiya fani Yevropadan kelgan. O’rta 
Osiyo xududida ruslar kelgunga qadar mahalliy aholi tomonidan biron-bir yerda 
arxeologik izlanishlar olib borilganligi to’g’risida ma’lumot uchramaydi. 
Ammo insoniyat yaratilibdi-ki, u o’zining qayerdan kelib chiqqanligi, kimlarni 
avlodi ekanligini bilishga bo’lgan intilish, qiziqish uni hech qachon tark etmagan. 
Shuning uchun eng qadimgi zamonlardan boshlab o’zlarini tarixlarini ota-
bobolaridan qolgan hikoya, rivoyat, doston, yoki afsonalarga yo’girilib ketgan tarixni 
bir-birlariga aytishgan va avloddan-avlodga alohida doston sifatida berilgan. Xuddi 
shunday qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy manbalardan hindlarning «Ramayana», 
Qadimgi Sharq xalqlaridan qolgan «Gilgamish va Enkidu», O’rta Osiyo 
xalqlarining «Alpomish, «Go’ro’g’li», «Manas» kabi asarlari xalqimizni o’zining 
o’tmishini xotirlab yaratgan asarlari qatoriga kiradi. 
Yunonlarning buyuk tarixchisi Gerodot ham qadimgi tarixdan qolgan 
rivoyaglarga asoslanib turib bir qator fikrlarni aytgan. Lekin antik dunyoning buyuk 
tarixchi va faylasufi Lukretsiy Kar kabi o’z zamonasidan yaqin ikki ming yil ilgariroq 
insoniyat tarixini moddiy madaniyat yodgorliklariga qarab uchta katta davrga bo’lib, 
insoniyat tarixi tosh, mis va temir davrlariga bo’linishini ayta olgan olim bo’ladi. 
Eng dastlabkn arxeologik qazishmalarni miloddan avvalgi VI asrda yashagan 
Vavilon podshosi Nabonid tomonidan amalga oshirilgan. Ammo uning maqsadi 
qadimgi tarixni o’rganish emas, balki qadimgi podsholiklardan qolgan saroy va 
21
Karimov 
Đ
.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.Toshkent,O'zbekiston,1998-yil. 


78 
ibodatxonalarning tarxi, ularning asosi (fundamenti) qanday yaratilganligini aniqlash 
va ayniqsa o’sha xalqlardan qolib ketgan tavsiyalarni topib olmoqchi edi. 
«Arxeologiya» iborasi antik dunyoda miloddan ilgarigi V asrlardan boshlab 
uchray boshlaydi, ammo bu atama milodni birinchi asrlaridan boshlab «qadimiyat» 
atamasi bilan almashinadi. Buning sababi bu davrda ham antik dunyo olimlari 
Gretsiya va Rim davridan qolgan yozuvlarni o’qishga qiziqishgan va ayniqsa 
ulardan qolgan noyob osori-atiqalarni topib olishni maqsad qilib olishgan edi. 
XV-XVI asrlardan boshlab Yevropada antik davr madaniyatiga, o’sha davr 
osori-atiqalariga bo’lgan qiziqish ortadi, natijada juda ko’p joylarda antik davr 
yodgorliklarini qazib u joylardan osori atiqalarni qazib olish boshlanadi. Ammo bu 
davrda antik davr madaniy qatlamlari ham qaysidir xalqning tarixi bilan bog’liq obida 
ekanligini tushunishmadi. 
1711-yilda vulkan ostida qolib ketgan Gerkulanum shahri xarobalarida olib 
borilayotgan tuproq ishlari paytida qadimgi shaharning qatlamlariga oid haykal 
topib olinadi. Natijada aynan shu shahar xarobasi xududida tartibsiz ravishda 
qazishmalar boshlanadi. Bu qazishmalardan asosiy maqsad qimmatbaho haykallar, 
yoki boshqa buyumlar topib olib uni turli muzeylarga pullash edi. Ahvol shu 
darajaga borib etdiki, natijada 1753-yilda Gerkulanum va Pompey xududlarida 
ruxsatsiz qazishmalar o’tkazish taqiqlandi. Ammo nima bo’lganda ham aynan shu 
ikki katta shahar xarobalari tufayli arxeologik qazish usuli bilan tarixni o’rganish 
mumkin ekanligini tushunib etdilar. 
Arxeologiyaning keyingi rivojlanishi bevosita Yevropadagi iqtisodiy 
rivojlanish bilan bog’liqdir. Temir yo’llarni, avtomobil yo’llarini qurilishi, 
Napoleonning Misrga yurishi arxeologiyani rivojlanishiga turtki berdi. Frantsuz 
olimi Fransua Shampolon (1790-1832) ning juda ko’p tillarni bilishi tufayli va 
Rozetta topilmasidagi uch tilda yozilgan yozuvlar tufayli Misr ierogliflarini 15 ta 
belgisini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Shu 15 ta belgini aniqlash usuli keyingi 
qadimgi misr ierogliflarini tadqiq etish uchun katta baza bo’lib xizmat qildi. Aynan 
shu davrga kelib ibtidoiy arxeologiya ham paydo bo’ldi. XIX asrga kelib 
Yevropalik olimlarning Misrda, Falastinda, Messopotamiyada va Yevropaning 
ibtidoiy davr makonlarida olib borgan arxeologik qazishmalari tufayli to’liq 
arxeologik qazishmalar olib borish uslublari shakllanadi. Arxeologiya alohida fan 


79 
sifatida ajralib chiqadi. 
Rossiya xududida arxeologiyani alohida fan bo’lib ajralib chiqqanligi 
to’g’risida biron-bir malumot yo’q. Shu narsa aniqki XII asrga oid 
Đ
patevsk 
yilnomasida xabar berishicha ladoga ko’li bo’yida yashaydigan aholi jala quyib 
yoqqan yomg’irdan keyin juda ko’plab tanga va mo’nchoqlarni topib olganliklari 
to’g’risida xabar beriladi. Ularning tasavvurida bu «munchoq va tangalar 
osmondan yog’ilgan» emish. Bundan kelib chiqib shuni aytish kerakki, o’rta 
asrlarda ham Rossiyada arxeologiya to’g’risida umuman tasavvurlar bo’lmagan. 
XVI-XVII asrlardan boshlab Yevropada muzeylar tashkil etila boshlandi. Bu 
muzeylarning aksariyat qismi ma’lum shaxslarning hayoti va ijodi, ularning kiyim-
boshlarini saqlab ko’rsatishga mo’ljallangan edi. Rossiyada ham shunday muzeylar 
paydo bo’la boshladi. 
Rossiyada arxeologik tasavvurlarni paydo bo’lishida Pyotr I ning 1718-yilda 
chiqargan buyrug’i alohida ahamiyatga egadir. Unda odamlarni qayerdan qanday 
topilma topsa, uni olib kelib davlatga topshirishi kerakligi, yana keyinroq 
chiqarilgan buyruqda esa, topilgan joyni holatini, sharoitini chizishni topshiradi. 
Rossiyaning 
birinchi 
arxeolog-olimi 
Z.Ya.Xodakovskiy 
bo’lib, 

birinchilardan bo’lib arxeologik yodgorlikdan real tarixiy jarayonni bilish mumkin 
ekanligini payqadi. 1811-yilda esa, Kul-Oba yodgorligini P.A.Dyubruks qazishga 
muvaffaq bo’ldi va o’z davri uchun juda katta muvaffaqiyatga erishdi. Rossiyaning 
yana ilk arxeologlaridan A.S.Uvarov va P.S.Savelevlar bo’lib, 1851-1854-yillarda 
Vladimir atroflaridagi mozor-qo’rg’onlardan 7000 tasini qazishadi, ammo hamma 
gap shunda-ki, shuncha qazilgan qo’rg’ondan birontasi to’g’risida ma’lumot 
qolmagan. Bu narsa o’shancha tarixiy manba hisobot yozilmaganligi tufayli yo’q 
bo’lgan deganidir. 
1864-yilda Moskva arxeologlar jamiyati tashkil etiladi. Bu tashkilotni 
tashkilotchilari A.S.Uvarov va 
Đ
.E.Zabelin kabi arxeologlar jamiyatni sezdlarini 
chaqirib turishni tashkil etdi. Bu sezdlar qaysi shaharda tashkil etilsa, o’sha 
shaharda arxeologik qazishma ishlarini o’tkazish keng joriy etildi. Bu narsa o’sha 
xududni tarixini arxeologik usullar bilan o’rganishga katta yordam berdi. Bundan 
tashqari sezdlarda arxeologlar uchun dala tadqiqotlarini o’tkazish uchun uslubiy 
ko’rsatmalar tayyorlash kerakligiga alohida e’tibor berildi. 


80 
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan yana bir yirik 
arxeolog V.A.Gorodtsov bo’lib, u juda ko’plab shogirdlarni arxeolog sifatida 
tarbiyaladi va eng muhimi «Arxeologik qazishmalar o’tkazish va topilgan 
materiallar ustida ishlash bo’yicha ko’rsatma» degan kitobni chop ettirdi. Eng 
muhimi V.A.Gorodtsov o’zining «ko’rsatma»larida har qanday yodgorlikni 
qatlamma-qatlam qazish kerakligini aytadi. Uning aynan shu ko’rsatmasi 
ahamiyati jihatidan juda qimmatli edi. 
Bu davrlarda chet ellarda ham qazishma ishlari keng avj olgan bo’lib, ulardan 
eng mashhurlari G.Shliman Troya xarobalarida (Gissarlik) qazishma olib bordi va 
juda katta hajmda transheya solish usuli bilan qazilganligi uchun yodgorlikka juda 
katta ziyon etkazilgan. Bu xatolarni tushungan nemis olimi V.Dyorpfeld 
arxeologiya fanida birinchilardan bo’lib ilmiy asosga asoslangan uslubiy 
ko’rsatmalar berishga muvaffaq bo’ldi. V.Dyorpfeld qazishmada asosiy e’tiborni 
qazishmani to’liq rekonstruktsiyasini tiklashga harakat qildi. V.Dyorpfeldning eng 
buyuk ixtirosi bu qurilish gorizontlari bo’yicha qazishmalarni olib borish kerakligini 
tushunganligi bo’ldi. 
B.V.Farmakovskiy (1870-1928) Olviya qazishmalarini diqqat bilan kuzatar 
ekan, birinchi marta har qaysi qatlamga alohida e’tibor berish kerakligini, ayniqsa 
mozor-qo’rg’onlarni qazish davomida avval ustki qismidagi tuproq uyumini to’liq 
ochib, keyin pastki qatlamlarni qazish kerakligini aytdi. 
Arxeologiyani alohida fan bo’lib taraqqiy etishida ibtidoiy davr tarixi va uni 
arxeologiyasini shakllanishi jarayoni ham alohida o’rin tutadi. Bunda Yevropalik 
olimlarni, ayniqsa Frantsiyalik arxeologlarni o’rni kattadir. Frantsiyaning ibtidoiy 
davr arxeologlari tufayli hozirda ham ko’plab ibtidoiy davr tarixini davrlashtirish 
masalalari, ularni nomlari, qazish usullari ko’proq frantsuz atamalari bilan ishlatiladi. 
O’zbekistonda arxeologiyani shakllanishida mahalliy aholi ichidan chiqqan 
havaskor arxeolog va o’lkashunoslarni o’rni katta. Ayniqsa mahalliy ilmli odamlar 
ichida turk va fors tillarini yaxshi biladigan, arab alifbosida yozilgan qo’lyozmalarni 
o’qiy oladigan odamlarni Rossiyalik sharqshunoslar bilan tanishishi juda ham katta 
ijobiy natijasini berdi. Ular birinchidan qadimgi tariximiz bo’yicha juda ko’plab 
materiallar to’plagan bo’lsalar, ikkinchidan shu mahalliy aholi orasidan chiqqan 
yoshlarni arxeologik qazishmalar olib borib tarixni o’rganish mumkinligini 


81 
tushuntirishdi. 
Bunday havaskor o’lkashunoslar ichida Akram Polvon Asqarov, Mirza Abdulla 
Buxoriy, Abu Said Maxsum, Turdi Mirg’iyosovlarni aytib o’tish mumkin. 
O’rta Osiyoga eng dastlabki arxeologik qazishmalar yordamida tarixni o’rganish 
mumkin ekanligini kiritganlar Rossiyalik sharqshunoslar bo’ladi. Bular Sankt 
Peterburglik - N.
Đ
.Veselovskiy, V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, A.M.Belenitskiy 
kabi olimlarning o’rni kattadir. 
O’zbekistonda milliy arxeologiya maktabini shakllanishida mahalliy aholi 
orasidan chiqqan Yah’yo G’ulomovich Gulomovning xizmatlari juda kattadir. 
Yah’yo G’ulomovich G’ulomovning haqikiy olim bo’lib yetishishida uning juda 
ham ko’plab yirik rus olimlarining maruzalarini tinglashi, ular bilan bevosita 
muloqotda bo’lishi, Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon va Farg’onadagi arxeologik 
obidalardagi qazishmalarda qatnashishi uni yirik olim bo’lib yetishishida katta ro’l 
o’ynadi. Ayniqsa V.L.Vyatkin, A.Yu.Yakubovskiy, S.P.Tolstov, M.E.Masson, 
A.
Đ
.Terenojkin, A.
Đ
.Bernshtam, S.P.Okladnikov, Gerasimov kabi arxeologiya 
fanining darg’alari bilan bo’lgan muloqotlari katta ro’l o’ynadi. 
Ya.G’.G’ulomovning qilgan katta ishlaridan biri bu o’zbek milliy arxeolog 
kadrlarni tayyorlash uchun juda katta harakat qildi. Buning uchun ko’plab arxeologiya 
faniga qiziqqan yoshlarni o’sha davrning yirik arxeologiya markazlari Moskva va 
Leningraddagi ilmiy tekshirish institutlaridagi arxeolog-olimlarda malakasini oshirish 
uchun stajer-tadqiqotchi qilib yuborildi, dissertatsiyalarni himoya qilish uchun esa
aspirantura va doktoranturaga yuborishga muvaffaq bo’ldi. Juda ko’plab tarixchi va 
arxeologlarga, ayniqsa qadimgi va yaqin o’tmishdagi irrigatsiya tarixi bo’yicha 
mavzularda, domlaning o’zi juda ko’plab tarix fanlari nomzodi va tarix fanlari 
doktori ilmiy darajali yoshlarni chiqardi. 
Natijada juda qisqa muddatda arxeologiya fanining juda tor ywnalishlari - tosh 
davri, bronza davri, qadimgi va antik davri bo’yicha mutaxassislar, o’rta asrlar 
bo’yicha mutaxassislar etishib chiqdi. Bu mutaxassislar yana O’rta Osiyoning 
ma’lum xududlari bo’yicha ham ixtisoslashishdi va hozirgi kunda ham mehnat 
qilmoqdalar. 
Arxeologiya faniga ko’maklashuvchi yana bir qator mutaxassislar - ximik 
tamirlovchilar, metall, shisha va sopol buyumlarini ximik xususiyatlarini 


82 
aniqlovchilar, antropolog, numizmat kabi arxeologiyaning noyob sohalarini chuqur 
biladigan olimlar tayyorlandi. 
Yah’yo G’ulomovning sa’y-harakatlari bilan o’tgan asrning 50-70 yillarida 
O’zbekiston xududidagi arxeologik yodgorliklarda mustaqil ravishda arxeologik 
qazishmalar olib boradigan arxeolog kadrlar bilan to’liq taminlandilar. Bunday 
muvaffaqiyatning natijasi juda tez bilindi. Aynan o’tgan asrning 70 yillarining 
oxirlaridan butun respublikamizning hamma viloyatlarini qamrab olgan yirik 
ekspeditsiyalar tashkil etildi. Bu ekspeditsiyalarning ilmiy yutuqlari va natijalari 
ilmiy to’plamlarda, mualliflarning monografiyalarida nashr etildi. Juda ko’plab 
butun dunyoga ko’z-ko’z qilsa arziydigan topilmalar va ilmiy kashfiyotlar qilindi. 
Mustaqillik yillarida arxeologiya fani yana ham katta muvaffaqiyatlarni 
qo’lga kiritdi. 
Đ
lgari sobiq ittifoq doirasida o’zining yogiga o’zi qovurilib yurgan 
O’zbekiston arxeologiyasi endilikda jahonga yuz tutdi. Mustaqillikkacha bo’lgan 
davrda O’zbekistonlik arxeologlar chet ellarga deyarli chiqarilmas edi. 
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin jahonning eng ilg’or- 
Frantsiya, Germaniya, 
Đ
taliya, Shveytsariya, Amerika, Yaponiya va Xitoy kabi 
mamlakatlaridagi nufuzli ilmiy tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatildi. Hozirda 
O’zbekistonlik arxeologlar respublikamizning deyarli barcha viloyatlarini qamrab 
olgan xalqaro ekspeditsiyalar tuzib, birgalikda arxeologik obidalarda qazishmalar 
o’tkazmoqdalar. 
Chet ellik olimlar bilan birgalikda mamlakatimiz xududidagi bir qator 
viloyatlarda qazishmalar o’tkazdilar. Jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan 
birgalikdagi ekspeditsiyalarimiz mamlakatimizning arxeologiya bo’yicha chiqqan 
eng ilg’or qazish uslublari, foto, kino, raqamli fotoapparatlardan foydalanish, 
kosmik suratlardan arxeologik obidalarni yer yuzidan ko’rib bo’lmaydigan 
tomonlarini kuzatish kabi so’zsiz g’arbning eng ilg’or uslublari va texnologiyalari 
bilan tanishdilar. 
Shunday qilib, O’zbekiston xududida arxeologiyani paydo bo’la boshlaganiga 
endigina 150 yil bo’lgan bo’lsa ham arxeologiya fani tashkil topdi, rivojlandi va 
jahonning eng taraqqiy yetgan mamlakatlarning fani darajasiga chiqdi. 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə