O’zbekistonda arxeologiya. Madrimov Sh


Arxeolog-olim, professor Temur Shirinov



Yüklə 471,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/25
tarix22.05.2022
ölçüsü471,74 Kb.
#87674
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ozbekistonda arxeologiya fanining paydo bolishi va taraqqiyoti

 
Arxeolog-olim, professor Temur Shirinov. 
Taniqli arxeolog, ilk metallar davri arxeologiyasi (mil avv III-I ming yilliklar) 
bo’yicha mutaxassis Temir Shirinov 10-mart 1950-yili Jizzax viloyati Forish tumani 
Qamish qishlog’ida tug’ilgan. Termiz Davlat universitetini tamomlagach O’zRFA 
Arxeologiya institutini bronza va ilk temir davri bo’limiga ishga kirgan (1972-
1975). 1976-yili Leningraddagi Arxeologiya institutiga aspiranturaga kiradi va uni 
1980-yili bronza ilk temir davri tosh qurollarini o’rganish mutaxassisligi bo’yicha 


74 
nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tugatadi. 1986-yili shu asosda yirik 
monografiya e’lon etgan. 1979-1993-yili T.Shirinov Surxondaryo viloyatidagi 
arxeologik qazishmalarda faol ishtirok etib, Jarqo’ton, Bo’ston, Mo’lali, 
Kuchuktepa kabi arxeologik yodgorliklarda katta kashfiyotlarni amalga oshirdi. 
Xususan, 6-tepalikdan ibodatxona va «ark»dan «shohlar saroyi» ochildi hamda 
arxeologiya fanida katta yangilik sifatida qayd etildi. Olimning doktorlik ishida 
shaharsozlik madaniyati muamosi keng yoritib berildi. Muhimi shaharsozlik 
madaniyati va davlatchilik muammolarining eng qadimgi ildizlari, mohiyati 
chuqur tah’lil etib berildi. T.Shirinov ishlanmalarida «shahar-davlat» nazariyasi 
rivojlantirildi. «Voh’a davlatchiligi» muammosi Jarqo’ton yodgorligi misolida 
chuqur yoritib berildi. Qadimgi jamiyatning mafkurasi va diniy tasavvvurlari 
haqida yangi malumotlar qo’lga kiritildi. Masalan, suv va olovning 
ilohiylashtirilishi, dafn marosimlaridagi yangi urflar yoki ajdodlar ruhiga sig’inish, 
bazi bir hayvonlarga sig’inish kabi holatlarni keltirib o’tish kerak. 
1993-2004-yilari O’zRFA Arxeologiya instituti direktori vazifasida ishlar 
ekan, qadimshunoslik fani rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Rossiya, Frantsiya
Germaniya, 
Đ
taliya, Polsha, Yaponiya kabi davlatlar bilan yirik xalqaro qo’shma 
ekspeditsiyalar tashkil etildi. T.Shirinov rahbarligida va ishtirokida yirik 
monografik kitoblar o’zbek, rus va ingliz tillarida nashrdan chiqdi: «Arxeologiya 
drevnego Samarkanda» (2007 g.), «Jemchujina Vostoka» (2007 g.), «Samarkand. 
2750» (2007 g.) (prof. M.X.
Đ
samiddinov bilan hammualliflikda). 2001-2010 
yillarda T.Shirinov O’z RFA Samarkand bo’limi raisi, 2004-2011-yillari 
mamlakatimizdagi yirik oliy o’quv yurti -Samarqand Davlat uiiversiteti rektori 
vazifasida ishladi. Bundan tashqari olim yosh kadrlarni tayyorlash borasida ham 
katta ishlarni amalga oshirmoqda. O’nga yaqin tadqiqotchi T.Shirinov rahbarligida 
nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqiyatli yoqlab mamlakatimizning turli ilmiy 
muassasalarida va oliy o’quv yurtlarida ish olib bormoqdalar. « O’zbekistonda 
ijtimoiy fanlar» «O`zbekiston tarixi-History of Uzbekistan», «Exo istorii», 
«Tafakkur», «San’at» kabi jurnallarning tah’ririyat a’zosidir. 
Tarix fanini rivojlantirishdagi xizmatlari va faol jamaotchilik va ilmiy 
faoliyati uchun 2001-yili «Mehnat shuhrati», 2009-yili «O’zbekiston Respublikasi 
fan arbobi» unvoniga sazovor bo’ldi. 


75 

Yüklə 471,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə